Noa Jup Marvel’ning navbatdagi “Qasoskorlar” filmi — “Qasoskorlar: Maxfiy urushlar” (“Avengers: Secret Wars”) aktyorlar tarkibiga qo‘shildi. Bu haqda Deadline nashri xabar berdi.
Aktyor filmda aynan qaysi obrazni gavdalantirishi hozircha noma’lum. Biroq manbalarga ko‘ra, uning qahramoniga muhim rol ajratiladi. Marvel Studios aktyorning loyihadagi ishtiroki haqida izoh bermagan.
Film rejissyorlari Entoni va Jo Russo, prodyuseri esa Marvel Studios rahbari Kevin Faygi bo‘ladi. “Qasoskorlar: Maxfiy urushlar” filmining premyerasi 2027-yil 17-dekabrga rejalashtirilgan.
Noa Jupe “Sokin hudud” filmlari orqali tanilgan. Aktyor, shuningdek, “Hamnet: Gamletga ilhom bergan hikoya” filmida va “Tungi administrator” serialining ikkinchi mavsumida suratga tushgan.

