Met Gala 2027 sanasi mojaro sabab ko‘chirilishi mumkin

Share post:

Met Gala 2027 sanasi o‘zgarishi mumkin. Bunga tadbir doirasida britaniyalik dizayner Jon Galyanoga bag‘ishlangan “John Galliano: Horizons” (“Jon Galyano: Ufqlar”) ko‘rgazmasi atrofidagi bahslar sabab bo‘lmoqda. Ko‘rgazma mavzusi 31-iyul kuni e’lon qilingan.

Galyanoning 2011-yilda antisemitik mazmundagi bayonotlari sabab Dior kreativ direktori lavozimidan chetlatilgani jamoatchilik va ayrim homiylarning noroziligiga sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari, Met Gala an’anaviy ravishda may oyining birinchi dushanbasida o‘tkaziladi. 2027-yilda bu sana 3-may Holokost xotira kuniga to‘g‘ri keladi. Ayrim homiylar tadbir rejalashtirilgan shaklda o‘tkazilsa, moliyaviy ko‘magini qaytarib olish bilan tahdid qilgan.

The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, Metropoliten muzeyi rahbariyati va vasiylar kengashi tadbir sanasini o‘zgartirish masalasini muhokama qilmoqda. Muzey direktori Maks Xolyayn esa ko‘rgazma va Met Gala axloqiy hamda etik standartlarga mos ravishda tashkil etilishini bildirgan. Hozircha tadbir sanasini o‘zgartirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Tom Holland kino tarixidagi kuchli uchlikdan joy oldi

Tom Holland kino tarixidagi eng kassabop aktyorlar reytingida uchinchi o‘rinni egalladi. Aktyor ishtirokidagi filmlarning umumiy kassasi 15,2 milliard...

Uill Smit ikki yildan so‘ng kinoga qaytmoqda

Uill Smit ikki yillik tanaffusdan so‘ng yana suratga olish maydoniga qaytdi. 57 yoshli aktyor Avstraliyaning Sidney shahrida “Supermax”...

Meggi Smit qariyib 16 million funtlik merosini kimga qoldirgan?

“Garri Potter” film turkumidagi professor Makgonagall obrazi bilan millionlab tomoshabinlar mehrini qozongan britaniyalik aktrisa Meggi Smitning vasiyati tafsilotlari...

“Kalmar o‘yini” ijodkorlari yangi film uchun yana birlashadi

“Kalmar o‘yini” serialidagi Front Man obrazi bilan tanilgan aktyor Li Byon-hon va serial yaratuvchisi Xvan Don-hyok yangi “K.O....