Blackpink guruhi a’zosi Lisa hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Always Lalisa” (“Har doim Lalisa”) hujjatli filmi 12-oktabrdan boshlab dunyo bo‘ylab IMAX va kinoteatrlarda bir necha kun davomida namoyish etiladi.
Lisa so‘nggi yillarda nafaqat Blackpink a’zosi, balki yakkaxon ijrochi va aktrisa sifatida ham faoliyatini kengaytirdi. U HBO’ning “The White Lotus”( “Oq nilufar”) serialida aktyorlik debyutini qilgan, 2026-yil FIFA Jahon chempionati ochilish marosimida chiqish qilgan va Met Gala mezbonlar qo‘mitasiga kirgan ilk K-pop ijrochisiga aylangan.

Rejissyor Sue Kim suratga olgan film Lisaning Blackpink’dan tashqaridagi faoliyatiga, yakkaxon ijodiga, aktyorlikdagi ilk qadamlariga va xalqaro brend sifatidagi rivojiga e’tibor qaratadi. Hujjatli filmda xonandaning ommaviy faoliyati ortidagi shaxsiy hayoti ham yoritiladi.
“Always Lalisa” kinoteatrlardagi namoyishidan avval 2026-yil Toronto xalqaro kinofestivalida premyera qilinadi. Keyinchalik film YouTube Premium platformasida ham namoyish etiladi.
Shuningdek, uning yangi “Press Play” mini-albomi 23-oktabrda chiqarilishi rejalashtirilgan.

