Jeyms Kemeron “Avatar”ning yangi qismlarini suratga oladi

Share post:

Rejissyor Jeyms Kemeron “Avatar” franshizasining yangi qismlarini tezroq va kam xarajat bilan suratga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Variety nashri xabar berdi.
Kemeron “The Empire Film Podcast”ga bergan intervyusida hozirda “Avatar 4” va “Avatar 5” ssenariylari ustida ishlayotganini ma’lum qilgan. Shuningdek, rejissyor filmni ishlab chiqarish jarayoni juda ko‘p vaqt va katta budjet talab qilayotgani bois, suratga olish muddatini ikki baravarga qisqartirish va xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish kerakligini ta’kidlagan. U film studyasini qurish uchun taxminan bir yil vaqt ketishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq Kemeron “Avatar” hikoyasi davom etishi yoki yakunlanishi studiya qaroriga bog‘liqligini aytgan edi. Agar loyiha yakunlansa, u “Avatar 4” va “Avatar 5” bo‘yicha barcha rejalarini oshkor qilishga tayyorligini bildirgan.
Bugungi kunda “Avatar” franshizasining keyingi qismlari kino muxlislari orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...