Ilon Mask “Odissey” filmi sabab Oskar qoidalaridan norozi

Share post:

Ilon Mask Oskar mukofotining yangi kiritilgan talablarini keskin tanqid qildi. U Kristofer Nolan suratga olayotgan “Odissey” filmi Akademiyaning yangi talablariga moslashish uchun o’zgartirilayapti deb hisoblamoqda.

Ammo, Maskning tanqidlari assosiz bo‘lishi mumkin. Chunki Akademiyaning yangi “Vakillik va inklyuzivlik” talablari tarixdagi barcha “Eng yaxshi film” nominatsiyasi g‘oliblariga mos keladi. Hatto, Nolan oldin suratga olgan “Oppengeymer” ham ushbu talablarga to‘laqonli mos kelgan.

Ko‘pchilik tomonidan tanqid qilinayotgan qoidalar aslida filmlarni majburan o‘zgartirishga emas, balki kino sanoatida turli qatlam vakillarining ishtirokini kengaytirishga qaratilgan.

Eslatib o’tamiz, “Oskar” mukofotining yangi standartlari 2020-yil e’lon qilingan va 2024-yildan boshlab “Eng yaxshi film” nominatsiyasi uchun majburiy talabga aylangan. Unga ko‘ra, bosh yoki ikkinchi darajali rollarning kamida 30% ini ayollar yoki nogironligi bo‘lgan insonlarni qamrab olishi, filmning asosiy mavzusi etnik guruhlar, ayollar yoki imkoniyati cheklangan insonlar hayotiga bag‘ishlanishi kerak.

Bundan tashqari, mukofotning yangi talablari ijodiy jamoa va rahbariyat, kino saoatdagi imkoniyatlar va tomoshabinlarni jalb qilish bilan bog‘liq o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...