Monika Beluchchi Kantemir Balagovning yangi filmida rol ijro etdi

Share post:

Rejissyor Kantemir Balagov o‘zining yangi “Kapalaklar murabbosi” nomli filmini taqdim etdi. Filmda afsonaviy italiyalik aktrisa Monika Belluchchi ham rol ijro etdi.
Ma’lum qilinishicha, aktrisa epizodik rol ijro etib, suratga olishning so’ngi kunida ko’rinish bergan. Suratga olish ishlari Sen-Pol-syur-Mer shahridagi Prijan bog‘ida bo‘lib o‘tgan.
7-aprel kuni Kantemir Balagov ijtimoiy tarmoqlarda ushbu loyiha suratga olish ishlari boshlanganini ma’lum qilgan edi. Aktyorlar tarkibidan Barri Keogan, Rayli Kio va Garri Melling ham o’rin olgan. Syujetga ko‘ra, voqealar markazida adigey taomlari tayyorlanadigan oilaviy restoran, ota va o‘g‘il o‘rtasidagi murakkab munosabatlar hamda o‘smirning restling yulduziga aylanish orzusi turadi. Kartina 2026-yilgi Kann kinofestivalining “Rejissyorlar ikki haftaligi” dasturiga kiritildi.
Mazkur film Balagov uchun alohida bosqich hisoblanadi. Chunki bu uning ilk yirik ingliz tilidagi loyihasi bo‘lib, allaqachon xalqaro kino jamoatchiligi e’tiborini tortishga ulgurgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...