Enn Xeteuey yangi “Odissey” filmi treyleridan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda tanqid ostida qoldi

Share post:

Ayrim foydalanuvchilar aktrisani botoksni haddan tashqari ko‘p ishlatganlikda ayblashmoqda. Tomoshabinlarning fikricha, botoks Ennning mimikasi va aktyorlik o‘yiniga salbiy ta’sir qilgan. Bundan tashqari, ular aktrisaning juda silliqlashgan yuzi sabab film voqealari qadimgi Gretsiyada bo‘layotganiga ishonish qiyinligini aytishmoqda. Foydalanuvchilar “Sevgi va boshqa narsalar” filmidagi Enn Xeteuey obrazini “Odissey”dagi ko‘rinishi bilan solishtirishgan. Ikki kadrni taqqoslagan muxlislar aktrisa kosmetologik muolajalarda “me’yoridan oshib ketgan” degan xulosaga kelishgan.

Biroq, hamma ham bu tanqidga qo‘shilmadi. Ko‘pchilik aktrisani himoya qilib, ayol aktyorlarning tashqi ko‘rinishi ko‘pincha rollaridan ham ko‘proq muhokama qilinishini ta’kidladi. Shuningdek, “Sevgi va boshqa narsalar” filmi chiqqaniga 16 yil bo‘lganini eslatib, vaqt o‘tishi bilan inson qiyofasi tabiiy ravishda o‘zgarishini aytishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kristofer Nolanning yangi filmida Enn Xeteuey Penelopu rolini ijro etadi. Odissey obrazini esa Mett Deymon gavdalantirgan. Film allaqachon yilning eng kutilayotgan loyihalaridan biriga aylangan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...