Ledi Gaga yopiq konserti asosida film chiqaradi

Share post:

Ledi Gaga muxlislari uchun yangi loyiha tayyorlamoqda. Xonanda o‘zining Los-Anjelesdagi yopiq konserti asosida suratga olingan konsert filmi va live-albom chiqarishini rasman e’lon qildi. Loyiha “Mayhem Ball” shousi asosida yaratilgan bo‘lib, u “Mayhem” albomining yangi musiqiy talqini hisoblanadi. Eksklyuziv konsert shu yilning 14-yanvar kuni Los Angelesdagi teatrlardan birida bo‘lib o‘tgan. Tadbirga taxminan 2300 muxlis tashrif buyurgan va eng qiziq tomoni konsert davomida telefonlardan foydalanishga ruxsat berilmagan. Tomoshabinlar esa lotereya orqali tanlab olingan. Konsert dasturidan xonandaning “Disease”, “Abracadabra”, “Garden of Eden”, “Perfect Celebrity” va “Die With a Smile” kabi mashhur qo‘shiqlari o‘rin olgan. Film va live-albom premyerasi 15-may kuni o‘tkizilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, “Mayhem Ball” Ledi Gaganing 2022-yildan beri ilk yirik konsert safari hisoblanadi. Dastlab, loyiha kichikroq formatda rejalashtirilgan bo‘lsa-da, albomning katta muvaffaqiyati va muxlislar talabining oshishi sabab shou yanada kengaytirilgan. Ko‘plab muxlislar “Mayhem” albomini xonandaning eski uslubiga qaytishi sifatida baholamoqda. Albom qisqa vaqt ichida striming platformalari va savdo reytinglarida yuqori natijalarni qayd etgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...