Donald Tramp “Melaniya”dan 10,7 mln dollar oldi

Share post:

Donald Tramp “Melaniya”dan 10,7 mln dollar oldi

AQSh prezidenti Donald Tramp 2025-yilgi moliyaviy deklaratsiyasiga ko‘ra, “Melaniya” nomli hujjatli film uchun 10,7 million dollar miqdorida litsenziya to‘lovini olgan. Bu haqda Variety nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Amazon MGM Studios film huquqlarini 40 million dollarga sotib olgan va uni targ‘ib qilish uchun yana 35 million dollar sarflagan. Film jahon prokatida atigi 16,6 million dollar yig‘gan, shundan so‘ng Prime Video striming platformasida namoyish etila boshlagan. Filmni Truth Social orqali Donald Trampning o‘zi ham faol targ‘ib qilib, “Albatta, ko‘rish kerak” mazmunidagi postlar ham yozgan.

Moliyaviy deklaratsiyaga ko‘ra, Tramp birinchi xonim Melaniya Trampning memuarlari litsenziyasi uchun yana 521 ming dollar daromad olgan. Melaniya bilan bog‘liq NFT va boshqa raqamli kolleksiya mahsulotlari esa unga qariyb 6 million dollar keltirgan.
Hisobotga ko‘ra, Trampning 2025-yildagi umumiy daromadi 2,2 milliard dollardan oshgan. Uning qariyb 1,4 milliard dollari Tramp oilasining kriptovalyuta loyihalari hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Eslatib o‘tamiz, “Melaniya” hujjatli filmi joriy yilning 30-yanvaridan kinoteatrlarda namoyish etila boshlagan. 104 daqiqa davom etadigan kartinada Donald Trampning 2025-yildagi ikkinchi inauguratsiyasi arafasidagi 20 kunlik davr yoritilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...