“Ajdarho uyi” seriali 3-mavsumining 2-qismi “Qirollik Bandargohi” IMDb’da rekord o‘rnatdi

Share post:

“Ajdarho uyi” (House of the Dragon) serialining uchinchi mavsumi ikkinchi qismi tomoshabinlar orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. “Qirol bandargohi” (King’s Landing) deb nomlangan epizod IMDb portalida 9,5/10 baho olib, serial tarixidagi eng yuqori reytingni qayd etdi. Yangi qismda siyosiy intriga, poytaxtning egallanishi va kutilmagan qatl sahnalari voqealarni yanada keskinlashtirgan. Aynan shu burilishlari tomoshabinlar tomonidan yuqori baholanib, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Epizod voqealari Reynira Targaryenning o‘g‘li Jeykerisning o‘limidan keyingi og‘ir ruhiy holati bilan boshlanadi. Keyinchalik Deymonning Harrenxoldan qaytishi voqealar rivojiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Uning so‘zlaridan ilhomlangan Reynira Qirol bandargohiga yurish qilib, Temir taxtni egallaydi va “Yashillar”ning muhim ittifoqchilariga qarshi keskin choralar ko‘radi.

Tomoshabinlar va tanqidchilar Reynira rolini ijro etgan Emma d’Arsi hamda Alisent rolidagi Oliviya Kukning aktyorlik mahoratini alohida e’tirof etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, “Ajdarlar uyi”ning uchinchi mavsumi 21-iyun kuni HBO platformasida namoyish etila boshlagan. Serial voqealari “Taxtlar o‘yini”dagi hodisalardan qariyb 200 yil oldin sodir bo‘lib, Jorj R. R. Martinning “Olov va qon” asari asosida suratga olingan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...