Chanel moda uyi Fransiyadagi eng qadimgi erkaklar ko‘ylagi ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblangan Charvet brendini sotib oldi. Qariyb ikki asr davomida Charvet Uinston Cherchill, Iv Sen-Loran va Karl Lagerfeld kabi ko‘plab mashhur shaxslarning tanloviga aylangan bu brendga 1938-yil Jozef-Kristof Sharve tomonidan asos solingan.
Shuningdek, Koko Shanel ushbu brend ko‘ylaklarini o‘z sevgilisi Artur “Boy” Keypel uchun xarid qilgani ham ma’lum.
Chanel’ning moda yo‘nalishi prezidenti Bryuno Pavlovski kompaniya Charvet butiklari tarmog‘ini kengaytirish yoki ishlab chiqarish hajmini oshirishni rejalashtirmayotganini ta’kidladi. Ushbu bitimning asosiy maqsadi esa brendning noyob hunarmandchilik an’analari, arxivlari va ko‘p yillik merosini saqlab qolishdir.

