Britni hayotidagi ko‘ngilsizlik uni o‘g‘illari bilan birlashtirdi

Share post:

Britni Spirs mast holda mashina haydagani uchun javobgarlikka tortilganidan so‘ng o‘g‘illari bilan yana birlashdi.

44 yoshli xonanda yaxtada ikki o‘g‘li: 20 yoshli Shon Preston Federlayn va 19 yoshli Jeyden James Federlayn bilan dam olishdi.

Gollivud yulduzi Kevin Federlayndan bo‘lgan o‘g‘illari bilan munosabatlarini tikladi. Sud qaroriga ko‘ra ular otasi bilan ulg‘aygan. Shon va Jeyden umrining katta qismini Gavayida o‘tkazgan. Ammo yaqinda ular Britniga yaqinroq bo‘lish uchun Los-Anjelesga ko‘chib kelishdi.

Shon o‘tgan yildan beri onasi bilan muloqot qilmagan. Jeyden esa u bilan Rojdestvo bayramida uchrashgan. U mart o‘rtalarida ham Britni bilan ko‘rishgan — aynan u mast holda mashina haydagani uchun hibsga olinganidan keyin. Ushbu voqeadan so‘ng Spirs spirtli ichimlik iste’mol qilmayapti va Los-Anjelesda anonim alkogoliklar yig‘ilishlariga muntazam qatnashmoqda.

Insayderga ko‘ra, “Britni anonim alkogoliklar yig‘ilishlarida juda ochiq va samimiy bo‘ldi. U ichidagini to‘kib solish unga yordam berishini va o‘zini yaxshiroq his qilishining eng yaxshi yo‘li ekanini aytdi. U juda ehtiyotkor, chunki farzandlari yonida bo‘lishni istaydi. U yana birga bo‘lganidan juda xursand. Bu uning yuragini davolayapti. U o‘g‘illarini juda yaxshi ko‘radi”, — deyiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...