Robert De Niro namoyish Donald Trampni keskin tanqid qildi

Share post:

Gollivud afsonasi Robert De Niro mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan “No Kings” norozilik namoyishlarini qo‘llab-quvvatladi va AQSh prezidenti Donald Trampni demokratiyaga tahdid sifatida baholadi. U saylovchilarni yaqinlashayotgan oraliq saylovlar oldidan faol bo‘lishga chaqirdi.

Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, 28-mart kuni o‘tkazilgan namoyishlarda taxminan 8 million kishi ishtirok etgan. Namoyishlar butun mamlakat bo‘ylab kengayib borar ekan, De Niro prezidentga nisbatan tanqidlarini yanada kuchaytirdi. U ruhoniy Al Sharpton bilan birga chiqish qilib, ommaviy ishtirok unga saylov natijalari bo‘yicha umid bag‘ishlayotganini ta’kidladi.

“Bizning demokratiyamiz xavf ostida. Bu ahmoq va uning atrofidagilar uni yo‘q qilmoqda. Bu go‘yo g‘alati tushdek — bu telbalik”, — dedi aktyor.

U shuningdek bosimni kamaytirmaslik kerakligini ta’kidlab, saylovlar yakuniga qadar kurash davom etishini aytdi. Aktyor o‘z chiqishida:
“Gap mening mamlakatim haqida ketmoqda. Nega men jim turishim kerak? Ayniqsa, to‘g‘ri ekanimni bilsam”, — deya ta’kidladi.

Namoyishda boshqa mashhurlar ham qatnashdi, jumladan Jeyn Fonda, Bryus Springstin, Joan Bayez va aktyor Mayk Farrell.

Uning fikricha, avvalgi prezidentlar ham ba’zan vakolat chegaralarini sinagan, ammo hech biri Tramp darajasida erkinlik va xavfsizlikka tahdid solmagan. Shuningdek, u “keraksiz urushlardan voz kechish” va fuqarolarni “ko‘cha namoyishlaridan saylov uchastkalariga o‘tishga” chaqirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...