Bred Pittning bolalariga yetib bormagan iltijosi

Share post:

Bred Pitt va Anjelina Joli o‘rtasidagi yillarcha davom etgan ajrashish janjali boshlanganidan beri, ularning 6 ta farzandi ham onalarining tomonida bo‘lib kelmoqda.

Ko‘plari otalarining familiyasidan voz kechgan.  O‘g‘li Paks esa 2020-yil Otalar kunida Pittni “Birinchi raqamli tentak” deb atagani bilan yodda qolgan.

 Aktyorga yaqin manbaga ko‘ra, 61 yoshli Pitt hali ham eng kenja farzandlari — 16 yoshli egizaklar Noks Leon va Vivyen Marshelin bilan munosabatlarini tuzatishga umid qilmoqda.

Manbaning aytishicha, Pitt bu hafta oxirida 17 yoshga to‘layotgan egizaklar bilan yana ko‘rishishni Juda ham xohlayapti.

U, go‘yoki, ularga murojaat qilib, “yana bir imkoniyat berishlarini” tangiridan so‘rab duo qilmoqda.

Daily Mail manbasining so‘zlariga ko‘ra:

“Bred ular bilan oxirgi marta ko‘rishib, munosabatlarni tiklash uchun bir imkoniyat berishni juda xohlayapti, garchi ular bunga rozi bo‘lishi juda qiyinligini yaxshi bilsa ham.”

Manbaning qo‘shimcha qilishicha:

“Vivyen familiyadan Pittni olib tashlaganida, u bu ishorani juda yaxshi tushundi,” — deydi u, bu holat Pittni “butkul qattiq ranjitgani” aytilmoqda.Shunga qaramay, “kichik bir umid uchquni” bor — chunki Vivyenning ukasi Noks hali ham familiyasida “Joli-Pitt”qismini saqlab qolgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Maykl B. Jordan yangi “Tomas Kraun hiylasi” filmida bosh rolni ijro etdi

Amazon MGM studiyasi “Tomas Kraun hiylasi” (The Thomas Crown Affair) filmining remeyki uchun ilk treylerni taqdim etdi. Filmda...

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...