Makan yangi albomi “Bratland” chiqishini e’lon qildi

Share post:

Mashhur rossiyalik repper Makan taqiqlangan ijtimoiy tarmoqlardan birida Stories orqali yangi albomi — “Bratland” chiqish sanasini e’lon qildi. Yaqinda bu albom mamlakatdagi barcha platformalarda taqdim etiladi.

Repper yana o‘z tinglovchilari uchun qiziqarli loyihani tayyorlamoqda. Uning asl ismi — Andrey, va uzoq vaqt davomida u doimiy “aka” (ruschasiga “brat”) so‘zini ishlatgani uchun internetda hazil-huzulga sabab bo‘lgan. Hatto bir intervyusida bu so‘zni 67 marta aytgan. Buni hazil sifatida qabul qilgan Makan keyinchalik bu trendni o‘z foydasiga ishlatib, butun albomni “aka-ukachilik”ga bag‘ishlashga qaror qilgan ko‘rinadi. “Bratland” albomi 18-iyul kuni taqdim etiladi.

Bu orada, Makan va uning uzoq yillik juftligi bo‘lgan Mariya Motina bilan ajrashgani haqidagi mish-mishlar ham ommalashmoqda. Ehtimol, aynan shu ayriliq unga “paxtakorcha” mavzuga sho‘ng‘ish uchun turtki bo‘lgandir.

Shuni ham eslatib o‘t\ish kerakki, so‘nggi paytlarda Makanning shaxsiy hayotida bir qator muammolar yuzaga kelgan: bir paytlar undan haydovchilik guvohnomasini olib qo‘yishmoqchi bo‘lishgan, yana bir safar esa muxlisi bilan janjallashib qolgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Nikolаs Keyj nega Marvel filmlarini tanqid qildi?

Aktyor Nikolаs Keyj zamonaviy Marvel kinoolamini tanqid qilib, superqahramonlar haqidagi filmlarda hikoya va qahramonlar rivojidan ko‘ra jang sahnalariga...

“Forsaj” asosida teleserial suratga olinadi

Peacock striming platformasi mashhur “Forsaj” (“Fast & Furious”) franshizasi asosida teleserial suratga olishni buyurtma qildi. Loyiha ustidagi ishlar...

The New York Times: “Mashaqqatlar sari “— XXI asrning eng yaxshi seriali

Televideniye sohasi vakillari ishtirokida XXI asrda namoyish etilgan eng yaxshi seriallar reytingi tuzildi. Tanlovda aktyorlar, ssenariynavislar, rejissorlar va...

Jim Kerri yashirincha turmush qurdi

Gollivud aktyori Jim Kerri uzoq yillik sevgilisi Min Xa bilan turmush qurgani aytilmoqda. Bu haqda People nashri juftlikka yaqin manbalarga tayanib...