“Alternativa” kinofestivali sarhisobi: Qirg‘izistondan Braziliyagacha bo‘lgan ijod namunalari Medelyinda jamlandi

Share post:

“Alternativa” kino festivali Kolumbiyaning Medelyin shahrida o‘zining 3-mavsumini yakunladi. Kinofestivalda Qirg‘iziston, Malaziya, Yaponiya, Braziliya va Gruziya kabi davlatlar tomonidan suratga olingan filmlar o‘zaro bellashdi.
inDrive texnologik kompaniyasi tomonidan asos solingan festivalning asosiy tanlov dasturidan jami 30 ta film joy olgan: 15 ta to‘liq metrajli badiiy film va 15 ta qisqa metrajli film. Nomzodlikka qo‘yilgan badiiy filmlar orasida Argentinaning “Belen”, Peruning “Runa Simi”, “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan “Toshlarni kesib o‘tgan yo‘l” (“Cutting Through Rocks”) singari bir qator asarlar e’tirof etilgan. Tanlovdan tashqari dastur uchun yana 7 ta film tanlab olingan bo‘lib, ular orasida Kann festivalining “Un Certain Regard” (“O‘ziga xos nigoh”) dasturida bosh mukofotni qo‘lga kiritgan “Flamingoning sirli nigohi” filmi ham bor.
Eslatib o‘tamiz, ushbu ko‘chma kinofestivalning ilk mavsumi Qirg‘izistonda boshlangan edi. Keyingi mavsumlari esa Indoneziya orqali Kolumbiyaga yetib borib, kinofestival qamrovi yanada kengayishiga sabab bo’ldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Eydan Gillen va Indira Varma “Yosh Sherlok”da rol o‘ynaydi

Gay Richi suratga olayotgan “Young Sherlock” (“Yosh Sherlok”) serialining ikkinchi mavsumida yangi aktyorlar ishtirok etadi. Bu haqda Deadline...

Maykl B. Jordan yangi “Tomas Kraun hiylasi” filmida bosh rolni ijro etdi

Amazon MGM studiyasi “Tomas Kraun hiylasi” (The Thomas Crown Affair) filmining remeyki uchun ilk treylerni taqdim etdi. Filmda...

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....