Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi.
Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan. U uzoq vaqt davomida reperning xatti-harakatlariga chidab, buni oilasi va farzandlarini saqlab qolish uchun qilgan.
Bloger Jigan bilan 20 yoshidan beri birga yashab kelganini aytib, endi munosabatlari qanday davom etishini tasavvur qilolmasligini ta’kidladi. Uning fikricha, bir xil muhitda uzoq vaqt yashagan odam undagi muammoli holatlarni ham odatiy deb qabul qila boshlashi mumkin.
Samoylova Jigan bilan bog‘liq muammolar nafaqat unga, balki farzandlariga ham ta’sir qilganini ta’kidladi. U bu voqealar bolalarida ruhiy jarohatlar qoldirishini tan oldi.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yil iyul oyida Jigan Samoylova va farzandlari yashagan uyda xodimlarga qarata o‘q uzgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shundan so‘ng reper Isroildagi reabilitatsiya markaziga yuborilgani aytilgan.

