Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Share post:

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.
The Sun nashriga bergan intervyusida Noaning aytishicha, u Jennifer Lopes bilan ajrashganidan keyin ham ular do‘stona munosabatlarni saqlab qolgan va yarashishni rejalashtirgan. Aynan shu davrda Lopes Pi Diddi bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Noaning ta’kidlashicha, xonanda keyinchalik bu munosabatlarni yakunlashga uringan, biroq reper uni ta’qib va tahdid qilib, bosim o‘tkazgan.
Noaning so‘zlariga ko‘ra, mojaro Los-Anjelesdagi tadbirlarning birida boshlangan. Oradan ko‘p o‘tmay, Pi Diddi Jennifer Lopesning uyi oldiga kelib janjal chiqargan. Voqea qo‘shnilar politsiyani chaqirgach yakunlangan.
Eslatib o‘tamiz, Pi Diddi 2024-yilda jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq qator ayblovlardan so‘ng hibsga olingan. 2025-yilda esa yo‘lovchilarni noqonuniy tashish bilan bog‘liq ikki epizod bo‘yicha 50 oyga ozodlikdan mahrum etilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Sidni Suini va Merilin Monro uzoq qarindosh ekanligi aniqlandi

“Eyforiya” seriali yulduzi Sidni Suini va Gollivud afsonasi Merilin Monro uzoq qarindosh bo‘lib chiqdi. MyHeritage platformasi o‘tkazgan yangi...

J.K. Rouling “Garri Potter” olami haqida yana ikki kitob chiqaradi

Britaniyalik yozuvchi J.K. Rouling “Garri Potter” olamiga bag‘ishlangan yana ikki kitobini taqdim etadi. Yangi nashrlar fevral oyida Bloomsbury...

Baxt izidan: Emiliya Klark va Josh Brolin yangi serialda

“Taxtlar o‘yini” yulduzi Emiliya Klark va aktyor Josh Brolin “A Roadmap to Happiness” (“Baxt sari yo‘l”) hujjatli serialida...

MrBeast 9-oktabr kuni Toshkentda muxlislari bilan uchrashadi

Dunyoga mashhur amerikalik YouTube blogeri MrBeast — Jimmi Donaldson O‘zbekistonga keladi. U O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi...