“Eyforiya” finali tarixiy rekord o‘rnatishi kutilmoqda

Share post:

 “Eyforiya” serialining 3-mavsumi final qismi katta rekord bilan tarixga kirishi kutilmoqda. Just Jared sayti ma’lumotiga ko‘ra, HBO platformasida namoyish etiladigan filmning yakuniy, 8-epizodi 93 daqiqa davom etadi. Bu nafaqat serial tarixidagi, balki HBO platformasi uchun ham eng uzun epizod hisoblanadi. Avvalgi rekordni “Taxtlar o‘yini” serialining 82 daqiqalik final qismi o‘rnatgan edi.
Ma’lumot uchun, avvalgi epizodlar odatda qisqaroq bo‘lgan. Eng uzun qismi ham 65 daqiqadan oshmagan edi. Shu sababli, bunday final 3-mavsumning so‘nggi qismi bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminlarni kuchaytirmoqda.
Muxlislar tomonidan eng ko‘p muhokama qilinayotgani Ru obrazining taqdiri. Ba’zi tomoshabinlar serial boshidan Ru’ning o‘tmishi tasvirlanayotganini aytib, final fojiali yakun bilan tugashi mumkin deb hisoblashmoqda.
Final epizod 31-may kuni namoyish etilishi rejalashtirilgan.


Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Dua Lipa Samsung’ni sudga berdi

Dua Lipa Samsung’ni televizor reklamalarida uning suratidan ruxsatsiz foydalangani uchun sudga berdi, deb yozmoqda Daily Mail. Lipa suratlari oddiy...

“Qattiqqo‘l xonim 2” eng kassabop filmlar qatoriga kirdi

Hali premyera qilinganiga ko‘p bo‘lmasdan Disney’ning  “Qattiqqo‘l xonim 2” filmi Shimoliy Amerika kinokassalarida yetakchilik qilib, premyeraning ikkinchi haftasidayoq...

“Sokin hudud 3” filmining suratga olish ishlari boshlandi

“Sokin hudud” filmi franshizasining uchinchi qismi ustida rasmiy ravishda ish boshlandi. Film rejissyori Jon Krasinski o‘z sahifasida suratga...

Jastin Baldoni hayotidagi og‘ir damlardan so‘ng oilasi bilan yangi bosqichni boshladi

“People” nashrining xabar berishicha, aktyor hozirda oilasi va shaxsiy hayotiga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Dastlab, Bleyk Layvli Baldoniga nisbatan ta’qib...