“Qattiqqo‘l xonim 2” eng kassabop filmlar qatoriga kirdi

Share post:

Hali premyera qilinganiga ko‘p bo‘lmasdan Disney’ning  “Qattiqqo‘l xonim 2” filmi Shimoliy Amerika kinokassalarida yetakchilik qilib, premyeraning ikkinchi haftasidayoq 43 million dollar daromadga ega bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rinni esa Varner Brosning “O‘lim jangi 2” (Mortal Kombat II) filmi egalladi. Brosning ushbu jangari kartinasi premyeradan 40 million dollar foyda olgandi. Keyinchalik global miqyosda o‘z tushumini 63 million dollarga ko‘tardi. Biroq yetakchilikni boy berdi.

Afsonaviy Pop qiroli  Maykl Jeksonning hayot va ijod yo‘lini yorituvchi “Maykl” filmi esa, premyerasining 3-haftasida 36,5 million dollar yig‘di. Ushbu filmning global daromadi 577 million dollarga yetib, Shimoliy Amerikadagi eng kassabop va daromadli musiqiy biopikiga aylandi.

Yangi premyeralar orasida “Sheep Detective” oilaviy filmi 15,9 million dollar, Billi Aylish’ning 3D konsert filmi esa 7,5 million dollar bilan daromad qildi.

“Qattiqqo‘l xonim 2” kinokartinasi umumiy daromadini esa 433 million dollarga baholandi. Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, 2006-yili “Qattiqqo‘l xonim” filmi 326 million dollarlik foydani qo‘lga kiritgan edi. Mazkur raqamlar 20 yil oldingi premyera ko’rsatkichiga nisbatan ancha balanddir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Sokin hudud 3” filmining suratga olish ishlari boshlandi

“Sokin hudud” filmi franshizasining uchinchi qismi ustida rasmiy ravishda ish boshlandi. Film rejissyori Jon Krasinski o‘z sahifasida suratga...

Jastin Baldoni hayotidagi og‘ir damlardan so‘ng oilasi bilan yangi bosqichni boshladi

“People” nashrining xabar berishicha, aktyor hozirda oilasi va shaxsiy hayotiga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Dastlab, Bleyk Layvli Baldoniga nisbatan ta’qib...

Mashhurlar bir kunda millionlab obunachilarini yo‘qotdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “2026-yilning buyuk tozalashi” deb nom olgan holat sabab Instagram foydalanuvchilari ommaviy tarzda obunachilarining yo‘qolayotganidan shikoyat qilmoqda. Xorijiy...

Adidas Timoti Shalame, Messi va Bed Banni ishtirokidagi yangi rolikni taqdim etdi

Adidas 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga bag‘ishlangan “Backyard Legends” (“Hovli afsonalari”) nomli qisqa metrajli filmni taqdim etdi. Rolikdagi bosh...