Vinni-Puxning yo‘qolgan do‘sti qaytdi

Share post:

Mashhur multfilm yaratilishiga sababchi bo‘lgan Piglet, Tigger, Eyor va Kenga asl o‘yinchoqlari 1987-yilda Nyu-York jamoat kutubxonasiga topshirilgan. Biroq, ularning orasida Keganing bolasi kengru Ru yo‘q edi. Ma’lumotlarga ko‘ra,1930-yillarda uni Kristofer Robin olma bog‘ida yo‘qotib qo‘ygan.

Bu mashhur o‘yinchoqlar nafaqat bolalar adabiyotining, balki Buyuk Britaniya ma’daniy merosing bir qismiga aylangan. Milna xonim 1921-yilda o‘g ‘li Kristofer Robinga yumshoq ayiqcha sovg‘a qiladi va keyinchalik ushbu o‘yinchoq dunyoning mashhur ertaklar olamiga asos bo‘lib xizmat qildi.

Oradan yillar o‘tib, Buyuk Britaniya qirolichasi Kamilla AQShga davlat tashrifi chog‘ida Nyu-York jamoat kutubxonasiga boradi va yo‘qolgan Ru’ning qayta yaratilgan nusxasini uning “oilasi”ga qaytaradi. Qirolicha ushbu o‘yinchoqning nusxasini qayta yaratishda qadimgi o‘yinchoq ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri “Merrythought” xizmatidan foydalangan. Kompaniya direktori Sara Xolmsning ta’kidlashicha, arxivlarda saqlanib qolgan asl Kenga va Ru namunalari o’yinchoqning xuddi aslidek qayta ishlab chiqarilishiga imkoniyat yaratgan.
Eslatib o’tamiz, “Vinni-Pux” asari 2026-yilda o‘zining 100 yilligini nishonlaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...