“BTS” a’zolari Meksika prezidenti bilan uchrashdi

Share post:

“BTS” guruhi a’zolari — RM, Jin, Shuga, Jey Houp, Jimin, V va Chonguk Mexikodagi konsertlari oldidan Klaudiya Sheynbaum bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralardan so‘ng Meksika prezidenti san’atkorlar bilan tushgan suratni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi. U “BTS” ijodida “do‘stlik, tinchlik va muhabbat g‘oyalari mujassam” ekanini ta’kidladi.

“Men Meksika yoshlari orasida eng sevimli guruhlardan biri bo‘lgan BTS’ni mamnuniyat bilan qarshi olaman. Musiqa va qadriyatlar Meksika hamda Janubiy Koreyani birlashtiradi”, — deb yozdi Sheynbaum.

Shuningdek, “BTS” a’zolari prezident bilan birga Sokalo maydoniga yig‘ilgan 50 mingdan ortiq muxlisni Milliy saroy balkonidan qutladi. Guruh a’zolari muxlislarga qo‘l silkitib, ularni telefonlariga tasvirga oldi. Jamoa yetakchisi RM esa yig‘ilganlar qarshisida qisqa nutq so‘zlab, olqishlarga sazovor bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, shu yil yanvar oyida Sheinbaum BTS’ning yirik “ARIRANG” turi doirasida qo‘shimcha konsertlar tashkil etishni so‘rab murojaat qilgan ilk jahon yetakchilaridan biri bo‘lgan. U bu boradagi maktubni Koreya Respublikasi prezidenti Li Chje Myonga yuborgan va so‘rov ijobiy qabul qilingan.

BTS konsertlari 7-9-10-may kunlari Mexikodagi “Estadio GNP Seguros” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq guruh a’zolari Amerikaning Rolling Stone jurnalining may soni qahramoniga aylangani haqida ham xabar berilgandi. Intervyu davomida ular beshinchi studiyaviy “ARIRANG” albomiga kiritilmagan qo‘shiqlar taqdiri haqida ham gapirib o‘tgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...