Uill Smit ikki yildan so‘ng kinoga qaytmoqda

Share post:

Uill Smit ikki yillik tanaffusdan so‘ng yana suratga olish maydoniga qaytdi. 57 yoshli aktyor Avstraliyaning Sidney shahrida “Supermax” nomli yangi jangovar triller ustida ishlamoqda.

Film voqealari dunyodagi eng qattiq qo‘riqlanadigan qamoqxonalardan birida sodir bo‘lgan qotillikni tergov qilayotgan ikki FQB agenti haqida hikoya qiladi. Smit filmda Reks ismli bosh qahramonni gavdalantiradi.

Loyihada AnnaSofiya Robb va Maykl Jeksonning jiyani Jafar Jekson ham rol ijro etadi. Film rejissyori esa Devid Gordon Grin.

Uill Smit so‘nggi bor katta ekranda 2024-yil may oyida premyerasi bo‘lgan “Bad Boys: Ride or Die” (“Yomon yigitlar: oxirigacha”) filmida ko‘ringan. Martin Lourens bilan birga suratga tushgan ushbu film Shimoliy Amerikada 193,5 million dollar daromad keltirgan.

“Supermax” aktyorning “Yomon bolalar” franshizasining to‘rtinchi qismidan keyingi ilk kino loyihasi bo‘ladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...

Oksana Samoylova Jigan bilan nega ajrashmoqchi?

Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan....