Meggi Smit qariyib 16 million funtlik merosini kimga qoldirgan?

Share post:

“Garri Potter” film turkumidagi professor Makgonagall obrazi bilan millionlab tomoshabinlar mehrini qozongan britaniyalik aktrisa Meggi Smitning vasiyati tafsilotlari vafotidan ikki yil o‘tib oshkor qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisaning merosi 15,98 million funt sterlingga baholangan. Uning asosiy merosxo‘rlari aktyorlik kasbini tanlagan o‘g‘illari Kris Larkin va Tobi Stivens bo‘lgan.

Smitning merosi tarkibiga G‘arbiy Sasseksdagi Douglas Lake Farm qarorgohi ham kirgan. Aktrisa bu maskanda qariyb 40 yil yashab, farzandlarini voyaga yetkazgan. Besh xonali uy, omborlar, otxona va uzumzordan iborat mulk 2019-yilda Smit va uning o‘g‘illari tomonidan tashkil etilgan oilaviy trastga o‘tkazilgan.

Shuningdek, vasiyatda aktrisaning ikkinchi eri, dramaturg Beverli Krossdan meros qolgan mualliflik huquqlari, gonorarlar va nashr etilmagan asarlar taqdiri ham belgilangan. Ulardan keladigan daromad Smitning o‘g‘illari hamda Krossning farzandlari Filippa Moen va Shon Kross o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Meggi Smit 2024-yil 27-sentyabrda 89 yoshida vafot etgan. U qariyb yetmish yillik ijodiy faoliyati davomida yaratgan ko‘plab yorqin obrazlari bilan kino tarixida o‘chmas iz qoldirgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...

Oksana Samoylova Jigan bilan nega ajrashmoqchi?

Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan....