Tom Holland kino tarixidagi kuchli uchlikdan joy oldi

Share post:

Tom Holland kino tarixidagi eng kassabop aktyorlar reytingida uchinchi o‘rinni egalladi. Aktyor ishtirokidagi filmlarning umumiy kassasi 15,2 milliard dollardan oshgan.

Holland bu natija bilan Kris Prattni ortda qoldirdi. Pratt filmlarining jami kassasi qariyb 15,1 milliard dollarni tashkil etadi. Hollandning ko‘rsatkichiga ayniqsa “O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi katta hissa qo‘shdi. Uning kassasi 2,28 milliard dollardan oshgan.

Reytingda birinchi o‘rinni Zoi Saldana 15,47 milliard dollar bilan egallagan bo‘lsa, ikkinchi pog‘onada Skarllett Yoxansson 15,4 milliard dollar bilan bormoqda.

Tom Holland ushbu TOP-10 reytingidagi eng yosh aktyorbo‘ldi. Ro‘yxatda, shuningdek, Samuel L. Jekson, Robert Dauni, Tom Kruz, Kris Xemsvort, Vin Dizel va Kris Evans ham bor.

Hollandning kinoindustriyadagi moliyaviy muvaffaqiyati ham tobora ortib bormoqda. Aktyor ilk bor O‘rgimchak odam rolini ijro etgan 2016-yilda taxminan 250 ming dollar gonorar olgan. Endi esa aktyorning “O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi uchun 100 million dollardan ortiq daromad olishi kutilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Uill Smit ikki yildan so‘ng kinoga qaytmoqda

Uill Smit ikki yillik tanaffusdan so‘ng yana suratga olish maydoniga qaytdi. 57 yoshli aktyor Avstraliyaning Sidney shahrida “Supermax”...

Meggi Smit qariyib 16 million funtlik merosini kimga qoldirgan?

“Garri Potter” film turkumidagi professor Makgonagall obrazi bilan millionlab tomoshabinlar mehrini qozongan britaniyalik aktrisa Meggi Smitning vasiyati tafsilotlari...

“Kalmar o‘yini” ijodkorlari yangi film uchun yana birlashadi

“Kalmar o‘yini” serialidagi Front Man obrazi bilan tanilgan aktyor Li Byon-hon va serial yaratuvchisi Xvan Don-hyok yangi “K.O....

Yangi “Supermen” filmini suratga olish ishlari yakunlandi

Jeyms Gunn rejissyorligidagi “Supermen: Kelajak odami” (“Superman: Man of Tomorrow”) filmining suratga olish ishlari rasman yakunlandi. Rejissyor ijtimoiy tarmoqda...