Tom Holland yangi “O‘rgimchak odam 4: Yangi kun” filmi haqida qo‘shimcha tafsilotlarni oshkor qildi

Share post:

Aktyor Tom Holland GQ nashriga bergan intervyusida “O‘rgimchak odam 4: Yangi kun” filmi uchun yaqinda qo‘shimcha sahnalar suratga olinganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, film aslida ham yaxshi chiqqan, ammo ijodkorlar unga “tort ustidagi gilos” kabi qo‘shimcha elementlar qo‘shishga qaror qilgan.

“Men ishonch bilan ayta olamanki, biz qilayotgan ishlar majburiy emas edi. Film o‘zi ham yetarlicha yaxshi va o‘ziga xos. Biz faqat ayrim joylarga ‘gilos’ qo‘shyapmiz, — dedi Tom Holland. — Biz biroz ko‘proq hazil qo‘shish yo‘llarini izlayapmiz. Yovuz qahramon bilan bog‘liq syujetni boshqacha qurayapmiz va haqiqatan kulgili sahnalar qo‘shyapmiz”.

“O‘rgimchak odam 4: Yangi kun” filmining premyerasi 31-iyulga rejalashtirilgan. Voqealar “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q”dan to‘rt yil o‘tib sodir bo‘ladi: dunyo Piter Parkerning mavjudligini unutgan, ammo yangi xavf uni yana niqob kiyishga majbur qiladi.

Filmda Zendaya, Sedi Sink, Jeykob Batalon, shuningdek Mark Ruffalo (Halk) va Jon Berntal (Jazolovchi) ham rol ijro etadi.

“O‘rgimchak odam”dan oldin esa Tom Holland ishtirokidagi yana bir loyiha — “Odissey” filmi ekranlarga chiqadi. Uning premyerasi 17-iyulga belgilangan. Film rejissyori Kristofer Nolan bo‘lib, aktyor uni “mutlaq durdona” deb atagan.

“Bu men ilgari ko‘rgan hech narsaga o‘xshamaydi, — dedi Tom Holland. — Filmni ko‘rganimda, o‘zimga uzoq vaqtdan beri bermagan savolni berdim: ‘Buni qanday uddaladingiz?’”

Ayniqsa, uni Kristofer Nolanning amaliy effektlarga bo‘lgan yondashuvi hayratda qoldirgan. Ba’zi sahnalarni u kompyuter grafikasi deb o‘ylagan, ammo rejissyor hammasi real suratga olinganini aytgan.

“Muxlislar bu filmdagi dekoratsiya va sahnalardan hayratda qolishadi. Hatto men ham, suratga olish jarayonida qatnashgan bo‘lsam-da, uning ko‘lami va hikoya qilish uslubidan lol qoldim”, — deya qo‘shimcha qildi aktyor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...