Ibrohim Tatlises shoshilinch ravishda kasalxonaga yotqizildi

Share post:

Ibrohim Tatlises 7-aprel kuni Istanbuldagi uyida tobi qochgani sababli tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketildi. San’atkorning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgani ma’lum qilindi.

Xabarlarga ko‘ra, xorijdagi gastrol dasturlaridan so‘ng dam olish uchun Istanbuldagi uyiga qaytgan 74 yoshli san’atkorning to‘satdan ahvoli og‘irlashgan. Zudlik bilan yetib kelgan tibbiyot xodimlari Ibrohim Tatlisesni tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketgan. Ayni paytda uning ahvoli og‘ir ekani va u jonlantirish bo‘limida qolayotgani aytilmoqda.

“Bemorimiz Ibrahim Tatlises soat 11:20 da shifoxonamizning shoshilinch xizmatiga qon bosimi pasayishi shikoyati bilan murojaat qildi. Tez yordam xizmatining tekshiruvlari, shuningdek o‘tkazilgan qon tahlillari va tomografiya natijalariga ko‘ra, infeksiya tashxisi bilan ehtiyot chorasi sifatida reanimatsiya bo‘limiga yotqizildi. Bemorimizning hushi joyida, yurak va o‘pka faoliyati normal, umumiy ahvoli yaxshi. Davolash boshlangan”, deydi shifokor Engin Chakmokchi.

Sud tomonidan o‘ziga nisbatan chiqarilgan yaqinlashmaslik qarori va oyog‘idagi elektron kishan tufayli otasining oldiga bora olmagan Ahmad Tatlises shifoxonaga kira olmadi va 3 kilometr uzoqlikda joylashgan masjidda vaqt o‘tkazdi. Otasining sog‘lig‘i bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib borishni istagan Ahmad Tatlises shifoxonadan keladigan xabarlarni masjid hovlisida kutishga majbur bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yaqinlashmaslik qarori tufayli oiladagi taranglik hali ham davom etmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...