Timoti Shalame va Selena Gomes katta loyihada yana birlashadi

Share post:

Timoti Shalame va Selena Gomes “Nyu-Yorkda yomg‘irli kun” filmi chiqqanidan yetti yil o‘tib, yana bir loyihada birga ishtirok etadi, deb yozmoqda Deadline. Ammo bu safar biroz boshqacharoq formatda.

Yulduzlar “Yolg‘iz emas” nomli yangi animatsion filmning bosh qahramonlariga ovoz beradi. Syujet markazida introvert mexanik Jo va o‘simlik yoqilg‘isida ishlaydigan dunyodagi birinchi raketani yaratgan iqtidorli astrobotanik Fren bo‘ladi. Qahramonlar raketa uchirilishi oldidan birlashadi, ammo ularning rejalarini uyiga qaytishga urinayotgan uch nafar begona sayyoralik buzib qo‘yadi.

Qayd etish joiz, bu ish Shalame uchun to‘liq metrajli animatsiyadagi debyut bo‘ladi. Gomes esa multfilm qahramonlariga ovoz berish borasida tajribali — tomoshabinlar uni “Monstrlar ta’tilda” franshizasidagi Mevis obrazi orqali yaxshi taniydi. Shuningdek, aktyorlar avval ham birga ishlagan — ular romantik komediya janridagi “Nyu-Yorkda yomg‘irli kun” filmida suratga tushishgan.

Kartinaning rejissyori Erik Giyon bo‘lib, u “Jirkanch kamina” franshizasi multfilmlari ustida ham ishlagan. “Yolg‘iz emas” filmining premyerasi 2027-yil 16-aprel kuniga belgilangan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...

Oksana Samoylova Jigan bilan nega ajrashmoqchi?

Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan....