O‘zbekistonlik talaba yigit ishlagan film xalqaro mukofotni qo‘lga kiritdi

Share post:

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Kino va televideniye rejissyorligi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Axadjon Oxunov tomonidan suratga olingan “Erta ungan lola” qisqa metrajli badiiy filmi III Xalqaro “Yevrosiyo Kinofest” festivalida ishtirok etib, nufuzli nominatsiyalardan birini qo’lga kiritdi.

Har yili Rossiyaning Sochi shahrida o‘tkaziladigan mazkur festival Yevrosiyo mintaqasidagi eng yirik kino anjumanlaridan biri hisoblanadi. Unda turli mamlakatlardan, asosan Yevrosiyo davlatlaridan kinoijodkorlar o‘z asarlari bilan qatnashadilar. Bu yil festival 13–19-iyun kunlari o‘tkazildi va unda dunyoning 53 ta davlatidan vakillar ishtirok etdi.
Festival dasturi qisqa metrajli filmlar, hujjatli filmlar va to‘liq metrajli filmlar yo‘nalishlarini qamrab oldi. O‘zbekistondan to‘liq metrajli filmlar tanlovida rejissyor Rashid Malikovning “Paxta” filmi ishtirok etib, “Eng yaxshi ssenariy” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
Qisqa metrajli filmlar tanlovida esa O‘zbekistondan beshta film — “Qadam. Quyosh bolasi Yusuf”, “Zarra”, “Qaychi”, “Mehr” hamda Axadjon Oxunovning “Erta ungan lola” filmlari qatnashdi. Umumiy hisobda ushbu yo‘nalishda 30 dan ortiq film namoyish etildi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, turli nominatsiyalar bo‘yicha 6 ta film taqdirlandi. “Erta ungan lola” filmi “Eng yaxshi rus tilidagi xorijiy film” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi jahon urushi voqealari fonida suratga olingan film Kursk yaqinidagi o‘rmonlarda qurshovda qolgan o‘zbek razvedkachisi serjant Qobil va yetim qiz Galinaning taqdirini hikoya qiladi. Asarda qor orasida erta ochilgan lola timsoli hayotga intilish va inson qalbidagi so‘nmas umid ramzi sifatida namoyon bo‘ladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Hilola Hamidova san’atni tark etdimi?

Xonanda Hilola Hamidova so‘nggi paytlarda nega ijodda kamnamo boʻlib qolganiga izoh berdi. Uning aytishicha, hozir u ko‘proq oilasi,...

ASL Wayne va Massa 8 ta shaharda konsert beradi

ASL Wayne va Massa O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkaziladigan “ULTIMATE TOUR 2026” gastrol safari oldidan matbuot anjumani tashkil etdi. Unda prodyuser...

Internetda Oliver Trining o‘limi sahnalashtirilgan degan fikr keng muhokama qilinmoqda

Tarmoqda amerikalik artist Oliver Trining o‘limi haqidagi nazariya tobora ko‘proq muhokama qilinmoqda. Foydalanuvchilar xonanda va uning do‘stining aviahalokatda...

Burak O‘zchivit yangi mojaro markazida: aktyor hamkasbining rolini tortib oldimi?

Turkiyaning yangi mavsumdagi eng kutilayotgan loyihalaridan biri — “Quyosh chiqadigan joy”. Hali suratga olish ishlari boshlanmasdan turib serial...