Teylor Svift ovozi va obrazini AI dan himoya qilish uchun tovar belgisi ro‘yxatdan o‘tkazmoqda

Share post:

Teylor Svift jamoasi xonandaning ovozi va obrazini sun’iy intellekt tomonidan noqonuniy foydalanishdan himoya qilish maqsadida AQSh Patent va Tovar Belgilari idorasiga uchta ariza topshirdi.

Arizalarning ikkitasi uning ovozi bilan bog‘liq audio tovar belgilariga taalluqli bo‘lib, ular “Hey, it’s Taylor Swift” va “Hey, it’s Taylor” iboralarini qamrab oladi. Uchinchi ariza esa vizual tovar belgisi bo‘lib, unda xonandaning pushti gitara bilan tushgan surati himoya qilinadi.

Avval shunga o‘xshash tovar belgilarini Metyu Makkonahi ham ro‘yxatdan o‘tkazgan edi, jumladan uning mashhur “Alright, alright, alright!” iborasi.

Huquqshunoslar fikricha, bunday tovar belgilari shaxsiy imij va ovozdan foydalanish huquqini himoya qiluvchi qonunlarga qo‘shimcha yuridik himoya beradi.

Teylor Svift shaxsi avval ham bir necha bor ruxsatsiz dipfeyklar yaratishda ishlatilgan, jumladan pornografik tasvirlar va siyosatchilarni qo‘llab-quvvatlayotgandek ko‘rsatilgan soxta materiallarda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Maykl B. Jordan yangi “Tomas Kraun hiylasi” filmida bosh rolni ijro etdi

Amazon MGM studiyasi “Tomas Kraun hiylasi” (The Thomas Crown Affair) filmining remeyki uchun ilk treylerni taqdim etdi. Filmda...

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...