“Shlyapa kiygan mushuk”ning kostyumi auksionga qo‘yildi

Share post:

2003-yilda Doktor Syuzening kitobi asosida suratga olingan filmda Mayk Mayers ijro etgan “Shlyapa kiygan mushuk” kostyumi Propstore auksioniga qo‘yildi. Savdolar 26-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

To‘plamga qizil-oq fetr silindr shlyapa (“R 3” belgisi bilan), spandeksdan tikilgan mo‘ynali kombinezon (“Mike Myers №1” yozuvi bilan), poliester bantli rezina niqob va bir juft qo‘lqop kiradi. Kostyumda suratga olish jarayonidan qolgan izlar saqlanib qolgan bo‘lib, niqobning yuz qismida kir izlari bor, sun’iy mo‘yna esa ayrim joylarda g‘ijimlangan. Ularning taxminiy qiymati 12–24 ming dollar, boshlang‘ich narxi esa 6 ming dollarni tashkil etadi.

Shuningdek, 26-avgust kuni auksionga Kventin Tarantinoning “Jinoiy asar” filmida Uma Turman kiygan oq ko‘ylak va keng shim ham qo‘yiladi. Ushbu auksiondagi buyumlar 15–30 ming dollarga baholanmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Kinematografiya agentligida kino sohasining dolzarb masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov kinoijodkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda o‘zbek...

Jim Kerri “Jetsonlar”da bosh rolni ijro etadi

Aktyor Jim Kerri Warner Bros. studiyasi suratga olayotgan “Jetsonlar” (“The Jetsons”) nomli mashhur multserialning kinoadaptatsiyasida bosh rolni ijro...

Yaponiya Trampdan Mario va Pokemon’ni memlarda ishlatmaslikni talab qildi 

Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi bir necha bor Donald Tramp ma’muriyatidan AQSH hukumatining rasmiy akkauntlarida mashhur yapon o‘yinlari va...

“Maykl”ning davomi suratga olinadi

Lionsgate studiyasi Maykl Jekson hayotiga bag‘ishlangan “Maykl 2” biografik filmini suratga olishni 2026-yil oxiri yoki 2027-yil boshida boshlashni...