Kinematografiya agentligida kino sohasining dolzarb masalalari muhokama qilindi

Share post:

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov kinoijodkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda o‘zbek kinosining bugungi holati, sohadagi mavjud muammolar va tizimni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida kino sohasida asosiy baholash mezoni topshiriqlarning bajarilishi emas, tomoshabinga manzur bo‘ladigan va xalqaro maydonda raqobatlasha oladigan sifatli filmlar yaratish bo‘lishi kerakligi takidlab o‘tildi.

Shuningdek, tomoshabinni kinoteatrlarga qaytaradigan filmlar yaratish, xalqaro festivallarda O‘zbekiston nomini munosib namoyon etadigan loyihalarni ishlab chiqarish hamda kinoijodkorlarning tashabbusi va hamjihatligi asosida sohani rivojlantirish kabi  ustuvor yo‘nalishlar belgilandi. Endilikda filmlar samaradorligi tomoshabin mehri, jamoatchilik e’tirofi va xalqaro natijalar orqali baholanishi ko‘zda tutilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...

Oksana Samoylova Jigan bilan nega ajrashmoqchi?

Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan....