Shakira ajralishdan keyingi hayoti haqida ochiq gapirdi

Share post:

Mashhur xonanda Shakira turmush o‘rtog‘i Jerar Pike bilan ajralganidan keyingi hayoti haqida The times nashriga bergan intervyusida so‘zlab berdi.

Xonanda intervyuda oilasining buzilishi uning hayotidagi eng qiyin bosqichlardan biri bo‘lgani va uni asrab qolishga ko‘p uringanini yashirmadi. “Men doimiy saqlab qolishga urindim, ammo orzu qilgan oilam qanday buzilganini ko‘rdim”, – deydi u. Shakira bu holat uni ruhan ezganini va hayotga boshqacha nazar bilan qarashga o‘rgatganini ham ta’kidladi.

Qiyin davrda xonandani do‘stlari Kris Martin va Adel qo‘llab-quvvatlagan. Hatto Kris Martin unga sinib, oltin bilan tiklangan vaza tasvirini yuborgan. Bu ramz inson sinovlardan o‘tib yanada mustahkam bo‘lishini anglatadi.

Hozirda Shakira asosiy e’tiborini farzandlari va ijodiga qaratganini, yangi munosabatlar uchun hozircha vaqti yo‘qligini ham aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Shakira va Jerar Pike 2022-yilda 11 yillik munosabatlardan so‘ng ajrashgan. Ularning ikki nafar o‘g‘li bor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...