Nikolas Keyj rol tanlash borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Share post:

“Oskar” sovrindori Nikolas Keyj ijobiy qahramonni ham, salbiy obrazlarni ham birdek qiziqish bilan ijro etishini ma’lum qildi. Aktyor bu haqda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan “O‘rgimchak odam: Noir” seriali premyerasida People nashriga bergan intervyusida gapirdi.

“Menimcha, kino uchun ham ijobiy qahramonlar, ham yovuz qahramonlar birdek muhim. Men o‘zimni faqat bitta yo‘nalish bilan cheklab qo‘yishni istamayman”, — dedi Keyj.

Aktyorning aytishicha, u rejissyor Sem Reymi bilan 2002 yilgi “O‘rgimchak odam” filmida Yashil Goblin rolini ijro etish imkoniyatini muhokama qilgan. Biroq Keyj o‘sha paytda “Adaptation” loyihasini tanlashga qaror qilgan.

Natijada Yashil Goblin obrazi Uillyem Defoga nasib etdi. Nikolas Keyj esa “Adaptation” filmi orqali “Oskar” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi. U bundan avval 1995 yilgi “Leaving Las Vegas” filmi uchun Akademiya mukofotini qo‘lga kiritgan edi.

Shundan keyin ham aktyor turli xarakterdagi rollarni ijro etishda davom etdi. U Marvel olamida “Ghost Rider” qahramoni sifatida namoyon bo‘ldi, keyinchalik esa “Longlegs” filmidagi seryali qotil va “The Unbearable Weight of Massive Talent” filmidagi o‘zining meta-obrazi bilan tomoshabinlar e’tiborini tortdi.

Hozirda Keyj “O‘rgimchak odam: Noir” serialida o‘rgimchak sezgisiga ega xususiy detektiv Ben Reyli rolini ijro etmoqda.

Aktyor suhbat davomida yana bir qiziq voqeani ham esladi. 2000-yilda Los-Anjelesdagi uyida o‘tkazilgan Rojdestvo bayramidan so‘ng uning noyob komikslar kolleksiyasi o‘g‘irlangan. Komikslar maxsus xavfsizlik tizimiga ega qulflangan qutilarda saqlangan bo‘lsa-da, o‘g‘rilar tizimni buzib kirishga muvaffaq bo‘lgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...