“Ramayana” treyleri ilk 24 soatda kutilgan natijaga erisha olmadi

Share post:

Nitesh Tivari rejissyorligidagi “Ramayana” filmining uzoq kutilgan treyleri namoyish qilindi. To‘rt daqiqadan ortiq davom etadigan treyler o‘zining ulkan vizual yechimlari va Hans Zimmer hamda A.R. Rahman yaratgan epik musiqasi bilan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi.

Biroq, tomosha ko‘rsatkichlari borasida treyler kutilgan natijani qayd eta olmadi. Ranbir Kapur, Sai Pallavi va Yash bosh rollarni ijro etgan film treyleri ilk 24 soat ichida YouTube’da hamkor kanallar bilan birgalikda 48,9 million marta tomosha qilindi. Bu natija uni Hindistonning eng ko‘p ko‘rilgan treylerlari o‘ntaligiga olib kira olmadi.

Shuningdek, “Ramayana” xuddi shu epos asosida suratga olingan Om Rautning 2023-yildagi “Adipurush” filmidan ham ortda qoldi. Prabhas va Kriti Sanon ishtirokidagi mazkur film treyleri ilk 24 soatda barcha tillardagi platformalarda 74 million tomoshani qayd etgan edi.

Shunday qilib, “Ramayana” treyleri “Adipurush” natijasidan qariyb 33 foiz kam ko‘rishlar soni to‘pladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Maksim Kaliningraddagi konsertini yana bekor qildi

Xonanda Maksim Kaliningraddagi konserti yana bekor qilinganini ma’lum qildi. Dastlab 2-avgustga rejalashtirilgan chiqish 28-sentyabrga ko‘chirilgan edi, biroq belgilangan...

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmiga qo‘shimcha sahnalar kiritilishi mumkin

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi qo‘shimcha sahnalar bilan kinoteatrlarda qayta namoyish etilishi mumkin. Bu haqda Deadline nashri manbalariga...

Penelopa Kruz va Glenn Klouz ishtirokidagi “Qora shar” filmi treyleri chiqdi

Netflix Penelopa Kruz va Glenn Klouz ishtirokidagi “Qora shar” filmining ilk treylerini namoyish etdi. Film 16-oktabr kuni striming...

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...