Maykl Jekson haqidagi “Maykl” biografik filmida afsonaviy xonandani gavdalantirgan Jafar Jekson endi Uill Smit bilan birga yangi “Supermax” trillerida rol ijro etadi. Bu haqda Deadline nashri xabar berdi.
Hozircha Jafar Jekson qaysi obrazni gavdalantirishi oshkor etilmagan. Biroq manbalarga ko‘ra, uning qahramoni film voqealarida muhim o‘rin tutadi.
“Supermax” qattiq tartibli qamoqxonada sodir bo‘lgan qotillikni tergov qilayotgan ikki nafar FQB agenti haqida hikoya qiluvchi keskin syujetli triller bo‘ladi. Agentlardan birini Uill Smit, ikkinchisini esa AnnaSofiya Robb ijro etadi.
Ssenariy mualliflari Devid Veyl va Devid J. Rozen bo‘lib, Devid Gordon Grin rejissyorlik qiladi. Loyiha Amazon MGM Studios hamda Miramax studiyalari tomonidan ishlab chiqariladi.

