Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi islohotlar samarasini oshirishga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining ko‘p qirrali ijodiy va ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimizning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, yurtimizda ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, jamiyatda tinchlik va totuvlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini saqlash, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlandi.
“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan
Arabov Ilyos Ismatovich – Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘qituvchisi
Turdiyeva Yulduz Choriyevna – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi
“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni bilan
Jamoldinov Akmaljon Zaylobidinovich – O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh rassomi
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan
Israilov Shukurulla Axmadkulovich – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi badiiy so‘z ustasi
Yuldashev Bobur Baxadirovich – “Diydor yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasasi badiiy rahbari
Yuldashev Shoxrux Alisherovich – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan
Djamilova Gulchexra Mannonovna – O‘zbek Milliy akademik drama teatri faxriy aktrisasi
Madraimov Abdumalik Abduraimovich – Andijon shahridagi “G‘ijjak Boburiy” oilaviy korxonasi rahbari, Andijon viloyati
Toxtasimov Shuxrat Maxmutovich – O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan
Aslanova Yelena Yurevna – Samarqand viloyati gimnastika turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi katta murabbiysi
Temirov Vohidjon Omonovich – Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining yunon-rum kurashi bo‘yicha katta murabbiysi, Toshkent viloyati
“Imom Buxoriy” ordeni bilan
Ibodullayev Maxmud – Payariq tumanidagi “Imom al-Buxoriy” jome masjidi faxriy imomi, Samarqand viloyati
Islamov Zaxid Maxmudovich – O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining Arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi professori
Ishmatbekov Xamid Baxramovich – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari
Mansurov Azizjon Dadajanovich – O‘zbekiston musulmonlari idorasi Faxriylar kengashi raisi
Razakov Gafur – Kogon tumanidagi “Bahouddin Naqshband” masjidi imom-xatibi, Buxoro viloyati
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
Ashurov Ravshan Radjabovich – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti laboratoriya mudiri
Gulyamova Tashxan Gafurovna – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti laboratoriya mudiri
Elmurodov Karimali Sadinovich – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filiali xirurgiya bo‘limi shifokori
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Abdullayev Ikram Iskandarovich – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi
Annakulov Omon Bobokulovich – Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi murabbiysi
Assakalov Rustam Sxatbiyevich – Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi
Ismailova Janat Xamidovna – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori
Maxmudov Nizomitdin Mamadaliyevich – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori
Nariyev Eduard Ustemirovich – Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazining Jizzax filiali bosh shifokori
Piyazov Jenisbek Burkitovich – erkin ijodkor, opera xonandasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Sultanov Karim – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori
To‘rayev Halim – Buxoro davlat universitetining Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi professori
Xatamova Oygul Kiyomovna – Respublika tez tibbiy yordam markazining Navoiy viloyati filiali Konimex tumani tez tibbiy yordam stansiyasi shifokori
Xayitov Tulkun Mingbayevich – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Temuriylar tarixi davlat muzeyi ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mudiri
“Do‘stlik” ordeni bilan
Abadiyeva Tatyana Muratovna – Toshkent shahri 5-tumanlararo ftiziatriya dispanseri kattalar bo‘limi ftiziatri
Avezdurdiyeva Amangul Orunovna – Toshkent shahar turkman madaniy markazi raisi
Galiyev Rashid Talipovich – “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalari tahririyati fotomuxbiri
Gafurova Lazizaxon Akramovna – O‘zbekiston Milliy universitetining tuproqshunoslik kafedrasi professori
Islamshikov Zuxriddin – O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazi a’zosi
Kadirov Buri Xudayshukurovich – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i
Kemal Yavuz Ataman – “Donishmand maslahat tashqi savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati va “Donishmand” yuridik byurosi direktori
Koroli Mexriya Anvarovna – Toshkent davlat texnika universitetining termodinamika va issiqlik texnikasi kafedrasi professori
Kudishkin Valentin Olegovich – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti loyiha rahbari
Levteyeva Larisa Georgiyevna – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi
Madrimov Israil Modraximovich – professional bokschi
Mamedov Narmurat Gurbanovich – Respublika tez tibbiy yordam markazining Qashqadaryo viloyati filiali Mirishkor tumani tez tibbiy yordam stansiyasi feldsheri
Sotiboldiyeva Nilufar Jamshidovna – O‘zbekiston davlat filarmoniyasi konsert dasturlari boshlovchisi
Tursunov G‘aybullo Mufitillo o‘g‘li – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi
Umbetayev Asqar Nurbayevich – Qoraqalpog‘iston qozoq milliy madaniy markazi raisi
Umirzakova Nilufar Talibjanovna – “O‘zbekiston” radiokanalining ma’rifiy, badiiy dam olish dasturlar muharririyati katta muharriri
Xasanov Aknazar Bekdurdiyevich – Samarqand davlat universitetining differensial tenglamalar kafedrasi mudiri, Samarqand viloyati
Soy Radion Isekovich – O‘zbekiston koreys madaniyat markazlari uyushmasi qoshidagi Koreya madaniyat saroyi direktori
Chistopolova Tatyana Valerevna – “Slavutich” respublika ukrain madaniyat markazining Olmaliq shahar bo‘limi raisi
Sharipov Abdukarim – Respublika tojik milliy madaniy markazining Jizzax viloyati bo‘limi raisi
I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
Mustafayeva Nodira Abdullayevna – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi rahbari
Raxmankulova Zuxra Jandarovna – Toshkent davlat tibbiyot universitetining neonatologiya kafedrasi professori
II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
Raxmanova Nazira – Xorazm viloyati bolalar kutubxonasi direktori
Raxmatullayev Izatulla – Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining tibbiy va biologik-kimyo kafedrasi dotsenti, Farg‘ona viloyati
Suyunov Akram Olimovich – Urgut tumanidagi 118-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
Xolmatov Baxtiyor Rustamovich – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti direktori
Ergashev Sirojiddin Fayazovich – Farg‘ona davlat texnika universitetining elektronika va asbobsozlik kafedrasi professori, Farg‘ona viloyati
I darajali “Salomatlik” ordeni bilan
Arziqulov To‘raqul Narziqulovich – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali neyroxirurgiya bo‘limi mudiri
Boboqulov Xudoyshukur Bo‘ronovich – Qumqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasining tumanlararo perinatal markazi reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
Mavlyanova Raxima Abdishukurovna – Olmaliq shahridagi oilaviy poliklinikasi bo‘lim mudiri, Toshkent viloyati
Maxmudov Ilxom Nurmurodovich – Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy klinik shifoxonasi bo‘lim mudiri
Olimov Nemat Kayumovich – Toshkent farmatsevtika institutining farmakognoziya va dori vositalarini standartlash kafedrasi mudiri
Rayimjonov Xurshidbek Xamidullayevich – Baliqchi tumanidagi “Chinobod fayz plyus” shifoxonasi rahbari, neyroxirurg, Andijon viloyati
Saliyev Yaxiya Mamutjanovich – Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy filiali shifokori
Ten Lyubov Vasilevna – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpog‘iston filiali jonlantirish bo‘limi anesteziolog-reanimatologi
To‘rayev Telmon Temirovich – Buxoro davlat tibbiyot institutining 1-pediatriya kafedrasi dotsenti, Buxoro viloyati
Turayeva Nazira Shukurovna – Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati hududiy filiali bo‘lim mudiri
Shomurodov Habibullo Fayzullayevich – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Botanika instituti bosh ilmiy xodimi
“Sog‘lom turmush” medali bilan
Aslonova Shahlo G‘aniyevna – Romitan tumani tibbiyot birlashmasining tumanlararo perinatal markazi neoreanimatsiya bo‘limi mudiri, Buxoro viloyati
Jalolov Ulug‘bek Muzafarovich – Kitob tumanidagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
Iskandarov Farxod Abdullayevich – Orolbo‘yi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining intervension kardiologiya bo‘limi rentgenoxirurgi
Ismoilova Dilfuza Ibragimjanovna – Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv shahar tibbiyot birlashmasining ichki kasalliklar bo‘limi katta hamshirasi, Andijon viloyati
Rashitova Munavvar Kamilovna – Xiva shahar tibbiyot birlashmasining 1-oilaviy poliklinikasi oila shifokori, Xorazm viloyati
Tashmatova Komilaxon Turayevna – “Bolajon” telekanalining teleloyihalar ishlab chiqarish muharririyati bosh muharriri
Xaydarova Zamira Kaxarovna – Samarqand tumani sog‘liqni saqlash bo‘limining 3-oilaviy poliklinikasi mudiri, Samarqand viloyati
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
Abdukarimov Abdurashid Dilshod o‘g‘li – Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining shifokor-xirurgi
Abdurazoqov Doniyor Muxtor o‘g‘li – Shirin energetika texnikumi o‘quvchisi, Sirdaryo viloyati
Baxtiyarova Diana Daniyar qizi – Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi o‘qituvchisi
Yeraliyev Xudiyar Baxtiyarovich – Mo‘ynoq tumani sport maktabining futbol bo‘yicha murabbiysi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Ismatov Diyorbek Nozim o‘g‘li – Shirin energetika texnikumi o‘quvchisi, Sirdaryo viloyati
Isroilov Otabek Odiljon o‘g‘li – O‘rta Chirchiq tumani va Nurafshon shahri “Mash’al” ijtimoiy-siyosiy gazetasining bosh muharriri, Toshkent viloyati
Rustamov Dilmurod Zarifboy o‘g‘li – Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi
“Shuhrat” medali bilan
Abdullayev Mira’zam Mirodil o‘g‘li – Shoyxontohur tumanidagi “Englify” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, ijtimoiy tarmoqlardagi “Teacher Azam” sahifasi asoschisi, Toshkent shahri
Abdiraxmonov Ravshan Ruzimurodovich – Respublika tez tibbiy yordam markazining Navoiy viloyati filiali Xatirchi tumani tez tibbiy yordam stansiyasi haydovchisi
Abidova Shaxloxon Qodirjonovna – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Namangan” radiokanali informatsion, ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy va ko‘ngilochar dasturlar muharririyati sharhlovchisi
Ametova Guljaxan Fayzullayevna – Nukus shahridagi 14-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Askarov Dilshodbek Qobilovich – “Vodiy1.uz” tahririyati muharriri
Baxritdinov Nuriddin Shamsiddinovich – Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiali yurak-qon tomir jarrohlik bo‘limi jarrohi
Bosimov Nuriddin Saidkosimovich – Zarbdor tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
Gaybullayeva Yulduz Ismoilovna – Uchquduq tumanidagi 10-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Navoiy viloyati
G‘aniyeva Farangiz Bayotovna – Buxoro tumanidagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
Gafurov Umidjon Ilxomovich – Mirobod tumanidagi “Thebase” xususiy korxonasi rahbari, ijtimoiy tarmoqlardagi “Troll.uz” loyihasi asoschisi, Toshkent shahri
Gofurova Diloram Baxadirovna – O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi yetakchi mutaxassisi
Yeshmuratov Kakimbek Daryabayevich – Qorao‘zak tumanidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Jamolitdinova Dilnoza Mirxojidinovna – Qo‘qon davlat universitetining gumanitar fanlar va tillar fakulteti dekani, Farg‘ona viloyati
Jurayev Alimjon Usarovich – Zangiota tumanidagi “Zangiota” masjidi mutavallisi, Toshkent viloyati
Islamov Sharifjon Ganidjanovich – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fond mudiri
Ismoilova Maxliyoxon Xabibullo qizi – Oltiariq tumanidagi 89-oilaviy poliklinikasi katta hamshirasi, Farg‘ona viloyati
Ishanxodjayev Saidaziz Saidnabi o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi o‘rinbosari
Karimov Muzafar Kuvondikovich – Yengil atletika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi murabbiysi
Karshiyev Faxridin Umarovich – Termiz davlat universitetining texnologik ta’lim kafedrasi professori, Surxondaryo viloyati
Kiskin Andrey Nikolayevich – Guliston shahridagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati
Musayeva Shoxistaxon Sadridinovna – Uchqo‘rg‘on tumani 4-texnikumi direktori, Namangan viloyati
Muxtarov Abduxamid Abduaxatovich – O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media markazi direktori
Nurmamatov Furqat Abdug‘aniyevich – Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi dotsenti, Surxondaryo viloyati
Rasulov Zokir Pardayevich – O‘zbekiston davlat sport akademiyasining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori
Rahmatov Jalol Azamatovich – Shahrisabz tumanidagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fransuz tili fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
Rixsiyeva Gulbaxor Tashpulatovna – Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi kichik tibbiy xodimi
Sabirova Aysha Atabayevna – Respublika bolalar ftiziatriya va tayanch harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiyasi markazi laboranti
Sagitov Mirxan Mirgaziyan – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi marafonlarni tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i
Sobirjonova Sevaraxon Abdukarimovna – Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati
Sur’atxo‘jayev Salohiddinxo‘ja Ulug‘bek o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi loyihani ishlab chiqarish va amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i
Turayev Sarvarbek Kenjaboyevich – “Surxondaryo viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining “Surxondaryo telekanali” muharririyati bosh muharriri
Turakulov Kaxraman Izatullayevich – “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi
Xalliyeva Gulnoz Iskandarovna – O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining jahon adabiyoti kafedrasi mudiri
Eshmurodova Muyassar – Nurota tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi kardiologi, Navoiy viloyati
Yuldashev Elyor Turgunpulatovich – “Namangan International University and School” nodavlat ta’lim muassasasi direktori, Namangan viloyati
Yunusov Baxodirjon Jaloldinovich – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi

