Jessika Simpson haqida hujjatli film suratga olinadi

Share post:

Netflix amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Jessika Simpson hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli filmni taqdim etadi.

Jessika Simpson faoliyati davomida 20 milliondan ortiq albom nusxasini sotgan. U, shuningdek, 2003–2005-yillarda efirga uzatilgan “Yosh kelin-kuyovlar” realiti-shousi orqali keng auditoriyaga tanilib, Britni Spirs, Kristina Agilera va Mendi Mur bilan bir davrda mashhurlikka erishgan.

Hujjatli filmda Simpsonning shon-shuhrat cho‘qqisiga ko‘tarilishi, musiqiy faoliyati va shaxsiy hayotidagi muhim davrlar yoritiladi. Film prodyuserlaridan biri ham Yosh kelin-kuyovlar loyihasining muallifi Van Toffler bo‘ladi. Hujjatli filmni uning Gunpowder & Sky kompaniyasi ishlab chiqaradi. Film rejissyori esa Jo Perlman.

Ma’lumot o‘rnida, hujjatli film premyerasi xonandaning musiqiy faoliyatga qaytganidan bir yil o’tib namoyish etiladi. Jessika Simpson 15 yillik tanaffusdan so‘ng 2025-yilda “Nashville Canyon: Part 1 & Part 2” nomli mini-albomi bilan ijodga qaytgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Qiziqchi Shukurullo Isroilov amaldor bo‘ldi

Taniqli qiziqchi va so‘z ustasi Shukurullo Isroilov Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda, qator...

“Kukriniksi” sobiq bas-gitarachisining jasadi qo‘li uzilgan holda suvdan topildi

Sankt-Peterburgda 45 yoshli musiqachi, “Kukriniksi” rok-guruhining sobiq bas-gitarachisi Dmitriy Oganyanning jasadi suvdan topildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u Vasilyevskiy...

Osiyo kinomaydonida uchta muhim yangilik

Osiyo kino sanoatida yangi festivallar va kino merosini asrashga qaratilgan loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Xitoy, Hindiston va...

Alla Pugachova Rossiyadagi hashamatli uyidan ayrilishi mumkin

Alla Pugachovaning Solnechnogorskdagi hashamatli hovlisi xavf ostida. Shuningdek, xonandaning Istra suv ombori bo‘yidagi shaxsiy qayiqlar to‘xtash joyi olib...