19 yillik tanaffusdan so‘ng mashhur “Millat xazinasi” (National Treasure) franshizasi davom etishi mumkin. Rejissyor Jon Turteltaub uchinchi film ustida ish boshlanganini ma’lum qildi. Hozirda film ssenariysi yozilmoqda. Eng muhim yangilik esa Nikolas Keyj tarixchi va xazina izlovchi Ben Geyts obraziga qaytadi. Rejissyorning so‘zlariga ko‘ra, uchinchi qism haqiqatan ham suratga olinadi. Biroq, rejissyor Gollivuddagi loyihalar taqdiri oldindan aniq bo‘lmasligini ham ta’kidladi.
“Millat xazinasi” kinosi ilk bor 2004-yilda ekranlarga chiqqan. Unda Ben Geyts AQSH asoschilari yashirgan xazinani izlab, hatto Mustaqillik deklaratsiyasini qo‘lga kiritadi. 2007-yilda chiqqan ikkinchi qismda esa qahramon ajdodining Avraam Linkoln o‘ldirilishiga aloqasi yo‘qligini isbotlashga urinadi.
Qiziq tomoni, 2024-yilda Nikolas Keyj uchinchi film bo‘lmasligini aytgan edi. Endi esa rejissyorning yangi bayonoti muxlislar uchun kutilmagan umid uyg‘otdi. Demak, Ben Geytsning yangi sarguzashtlari davom etishi mumkin.

