Hilola Hamidova san’atni tark etdimi?

Share post:

Xonanda Hilola Hamidova so‘nggi paytlarda nega ijodda kamnamo boʻlib qolganiga izoh berdi. Uning aytishicha, hozir u ko‘proq oilasi, farzandi va sog‘ligiga vaqt ajratishni afzal ko‘rmoqda. Bu haqda xonanda “Navo” telekanalining “Mening oshxonam” ko‘rsatuviga bergan intervyusida aytib oʻtgan.

San’atkor o‘zini ijodda biroz dangasa deb hisoblashini, biroq hayotda aksincha, ishga haddan tashqari berilib ketadigan inson ekanini ta’kidladi. Shu sababli u o‘tgan yildan boshlab dam olish va o‘ziga e’tibor qaratishga qaror qilgan.

Hilola Hamidova san’atni butunlay tark etmaganini, ammo hozircha uzoq safarlar va doimiy ijodiy faoliyatdan tanaffus olayotganini aytdi. Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, yaxshi qo‘shiqlar paydo bo‘lsa, ularni albatta ijro etadi.
Shuningdek, u sun’iy intellekt yordamida klip suratga olish taklifini rad etganini ma’lum qildi.
Hilola Hamidova baxt haqida so‘z yuritarkan, uni oddiy hayotiy lahzalarda, yaqinlar salomatligi va oilaviy xotirjamlikda ko‘rishini ta’kidlagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

ASL Wayne va Massa 8 ta shaharda konsert beradi

ASL Wayne va Massa O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkaziladigan “ULTIMATE TOUR 2026” gastrol safari oldidan matbuot anjumani tashkil etdi. Unda prodyuser...

Internetda Oliver Trining o‘limi sahnalashtirilgan degan fikr keng muhokama qilinmoqda

Tarmoqda amerikalik artist Oliver Trining o‘limi haqidagi nazariya tobora ko‘proq muhokama qilinmoqda. Foydalanuvchilar xonanda va uning do‘stining aviahalokatda...

Burak O‘zchivit yangi mojaro markazida: aktyor hamkasbining rolini tortib oldimi?

Turkiyaning yangi mavsumdagi eng kutilayotgan loyihalaridan biri — “Quyosh chiqadigan joy”. Hali suratga olish ishlari boshlanmasdan turib serial...

Sud Aleksandra Mitroshinaga hukm chiqardi

Sud bloger Aleksandra Mitroshinani 3 yil muddatga shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilish hamda 900 ming rubl jarima to‘lashga...