O‘zbek aktrisasi Muqaddas Xoliqova 66 yoshni qarshiladi

Share post:

Bugun, 14-aprel — O‘zbekiston xalq artisti, taniqli kino va teatr aktrisasi Muqaddas Xoliqova tavallud topgan kun.

Xolikova Muqaddas Shamaqsudovna 1960-yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1981-yilda O‘zbekiston milliy akademik drama teatriga o‘qishga kirgan va tezda teatrning aktyorlar jamoasiga qo‘shilgan. Teatrda u 80 ga yaqin turli xil obrazlarni ijro etib, ularning har birini ochib berishga muvaffaq bo‘lgan.

Shuningdek, u 30 dan ortiq rollarni ijro etgan va turli filmlarda 300 ta personajga ovoz bergan. Ma’lumot o‘rnida, Muqaddas Xoliqova “Qirq tog‘oraning qirq nog‘orasi”, “Ko‘ngil ko‘chalari”, “Qaynona operatsiyasi”, “Ulfatlar 1,2”, “Boyvachcha”, “Anora”, “Amakivachchalar”, “Oshiqlar”, “Vijdon”, “Jannat qayerdadir”, “Ta’ziyadagi to‘y”, “Sevginator 1,2”, “Yasha, xotin!” kabi ko‘plab film va seriallarda ijro etgan rollari bilan tomoshabin mehrini qozongan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...