“Oskar” YouTube’ga ko‘chadi: Akademiya yangi rejalarini ochiqladi

Share post:

Kino san’ati va fanlari akademiyasi yillik yig‘ilishida kelgusi yil uchun asosiy rejalarini e’lon qildi. Akademiyaning 2027-yil uchun byudjeti 187 million dollar etib belgilandi.

Byudjetning 23 foizi “Oskar” marosimi va u bilan bog‘liq tadbirlarga, 41 foizi esa xodimlar xarajatlariga yo‘naltiriladi. Akademiya daromad manbalarini kengaytirish uchun olib borayotgan kampaniya doirasida so‘nggi ikki yilda 308 million dollar mablag‘ jalb qilgan. Maqsad — 2028-yil oxirigacha bu ko‘rsatkichni 500 million dollarga yetkazish.

2029-yildan “Oskar” marosimi YouTube orqali namoyish etiladi. Marosim Hollivud’dagi Dolbi teatridan Los-Anjeles markazidagi 7 ming tomoshabinga mo‘ljallangan Peacock teatriga ko‘chiriladi. Akademiya marosim kelajakda dunyo bo‘ylab 2 milliardgacha tomoshabinni qamrab olishi mumkinligiga umid qilmoqda.

Yig‘ilishda sun’iy intellekt masalasi ham muhokama qilindi. Akademiya AI’ni inson ijodkorligining o‘rnini bosuvchi emas, unga xizmat qiluvchi vosita sifatida ko‘rishini bildirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Maksim Kaliningraddagi konsertini yana bekor qildi

Xonanda Maksim Kaliningraddagi konserti yana bekor qilinganini ma’lum qildi. Dastlab 2-avgustga rejalashtirilgan chiqish 28-sentyabrga ko‘chirilgan edi, biroq belgilangan...

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmiga qo‘shimcha sahnalar kiritilishi mumkin

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi qo‘shimcha sahnalar bilan kinoteatrlarda qayta namoyish etilishi mumkin. Bu haqda Deadline nashri manbalariga...

Penelopa Kruz va Glenn Klouz ishtirokidagi “Qora shar” filmi treyleri chiqdi

Netflix Penelopa Kruz va Glenn Klouz ishtirokidagi “Qora shar” filmining ilk treylerini namoyish etdi. Film 16-oktabr kuni striming...

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...