Alla Pugachova Rossiyadagi hashamatli uyidan ayrilishi mumkin

Share post:

Alla Pugachovaning Solnechnogorskdagi hashamatli hovlisi xavf ostida. Shuningdek, xonandaning Istra suv ombori bo‘yidagi shaxsiy qayiqlar to‘xtash joyi olib qo‘yilgan.

Pugachova 1990-yillarning oxirida 1700 kvadrat metrli yer uchastkasini sotib olgan. Bu yerda maydoni 760 kvadrat metr bo‘lgan uch qavatli dala hovli joylashgan. Qarorgohda 6 ta yotoqxona, basseyn, lift, bilyard xonasi, kinoteatr va vino yerto‘lasi bor. Bundan tashqari, ushbu hududda barbekyu zonasi, bolalar maydonchasi hamda xodimlar va qo‘riqchilar uchun alohida yozgi uy ham mavjud.

Sohil hududi atrofida uzoq vaqt davomida bahslar bo‘lgan. Jamoatchilik vakillari suv havzasi va sohilbo‘yi hududi yagona tabiiy majmua hamda umumiy foydalanishdagi obyekt ekanini aniqlagan.

Qonunga ko‘ra, Pugachova sohil hududida bunday inshoot qurish huquqiga ega bo‘lmagan. Shu sababli uning qayiqlar to‘xtash joyi olib qo‘yilgan. Endi ayrim inshootlar davlatga tegishli yerda joylashgani sababli xonanda qarorgohidan ham ayrilishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Oskar” YouTube’ga ko‘chadi: Akademiya yangi rejalarini ochiqladi

Kino san’ati va fanlari akademiyasi yillik yig‘ilishida kelgusi yil uchun asosiy rejalarini e’lon qildi. Akademiyaning 2027-yil uchun byudjeti...

“Forsaj”ning yakuniy qismi dekabrda suratga olinadi

“Forsaj” franshizasining “Forsaj: Abadiy” (Fast Forever) deb nomlangan yakuniy qismi uchun suratga olish ishlari dekabr oyida boshlanadi. Filmning...

Selena Gomes firibgarlik ayblovlariga javob berdi

Selena Gomesning ruhiy salomatlik sohasidagi Wondermind startapi atrofidagi mojaro sudgacha yetib bordi. Investorlar xonandani moliyaviy firibgarlikda ayblab, yetkazilgan...

Jonni Depp “Karib dengizi qaroqchilari”ga qaytishi mumkin

Jonni Depp kapitan Jek Chittak rolida “Karib dengizi qaroqchilari”ning oltinchi qismida yana paydo bo‘lishi mumkin. Franshiza prodyuseri Jerri...