“Forsaj”ning yakuniy qismi dekabrda suratga olinadi

Share post:

“Forsaj” franshizasining “Forsaj: Abadiy” (Fast Forever) deb nomlangan yakuniy qismi uchun suratga olish ishlari dekabr oyida boshlanadi. Filmning xalqaro premyerasi 2028-yil 17-martga rejalashtirilgan.

Bosh rol ijrochisi Vin Dizelning aytishicha, film ssenariysi ustida to‘rt yil davomida ish olib borilgan. Yakuniy variantni Maykl Lesli yozgan. Dizel ssenariyni bir necha hafta oldin o‘qiganini va undan qattiq ta’sirlanib, yig‘laganini aytdi.

Avvalroq, aktyor filmni suratga olishga tayyorgarlik jarayonidan lavhalarni ham namoyish etgan edi. Endi esa loyiha suratga olish bosqichiga o‘tmoqda. Shu bilan birga, “Forsaj” olami asosida to‘rtta serial ustida ham ish olib borilmoqda. Ular Peacock platformasida namoyish etilishi rejalashtirilgan.

“Forsaj”ning ilk filmi 2001-yilda ekranlarga chiqqan. 25 yildan ortiq davr mobaynida davom etib kelayotgan franshiza endi o‘zining yakuniy filmiga yetib kelmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...

Oksana Samoylova Jigan bilan nega ajrashmoqchi?

Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan....