“Oskar–2026” mukofoti g‘oliblari bilan tanishing

Share post:

15-mart kuni Los-Anjelesdagi “Dolby” teatrida “98-Oskar” mukofoti taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi va unda yilning eng yaxshi filmlari, aktyor va aktrisalari hamda kino sanoatining boshqa yo‘nalishlarida erishilgan yutuqlar e’tirof etildi. Kechani mashhur komik Konan O’Brayen olib bordi.

“Jang ortidan jang” filmi “Eng yaxshi film” deb topilib, jami 5 ta nominatsiyada g‘olib bo‘ldi. “Gunohkorlar” filmi esa 16 ta nominatsiya bilan rekord o‘rnatdi. Bu film yil davomida kino tanqidchilari va tomoshabinlar e’tiborini tortgan eng ko‘p nomzodlik olgan asar sifatida tarixga kirdi.

Operator Otem Dyurald tarixda eng yaxshi operatorlik nominatsiyasida “Oskar” olgan ilk ayollardan biri bo‘ldi. Shuningdek, marosimda ilk bor “Eng yaxshi kasting” nominatsiyasida mukofot taqdim etildi. Bu kino ijodkorlari, xususan aktyorlarni tanlashdagi mehnat va ijodiy qarorlarni qadrlashga qaratilgan yangi yondashuvni namoyon etdi.

Asosiy g‘oliblar:

Eng yaxshi aktyor – Maykl B. Jordan (“Gunohkorlar”)
Eng yaxshi aktrisa– Jessi Bakli (“Hamnet”)
Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor – Shon Penn (“Jang ortidan jang”)
Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa – Emi Medigan (“Qurol”)
Eng yaxshi rejissyor nominatsiyasida – Pol Tomas Anderson (“Jang ortidan jang”)

Boshqa nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar:

Eng yaxshi xorijiy film – “Sentimental qadriyat”
Eng yaxshi hujjatli film – “Janob hech kim Putinga qarshi”.
Eng yaxshi animatsion film – “K-Pop jin ovchilari”
Eng yaxshi operatorlik ishi – Otem Dyurand (“Gunohkorlar”)
Eng yaxshi original ssenariy – “Gunohkorlar”

Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy – “Jang ortidan jang”
Eng yaxshi sahna dizayni – “Frankenshtein”
Eng yaxshi vizual effektlar – “Avatar: Olov va kul”
Eng yaxshi ovoz – “F1
Eng yaxshi original musiqa – Lyudvig Goransson (“Gunohkorlar”)
Eng yaxshi qo‘shiq – “Golden” (“K-Pop jin ovchilari”).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...