Osiyo kinomaydonida uchta muhim yangilik

Share post:

Osiyo kino sanoatida yangi festivallar va kino merosini asrashga qaratilgan loyihalar  ustida ish olib borilmoqda. Xitoy, Hindiston va Singapurda xalqaro kino tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Pingyao kinofestivali 10 yilligini nishonlaydi

Xitoyning Pingyao xalqaro kinofestivali 10-marta o‘tkaziladi. Festival yosh rejissyorlarning debyut va dastlabki filmlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratadi. Dasturda “Yashirin yo‘lbarslar” (Crouching Tigers) va “Yashirin ajdarlar” (Hidden Dragons) kabi tanlovlar mavjud bo‘lib, “Eng yaxshi film” uchun 1 million yuan miqdorida mukofot beriladi.

Bxopalda yangi xalqaro kinofestivali

Hindistonning Bxopal shahrida PIFFI (People’s International Film Festival of India) ilk bor tashkil etiladi. Festivalda badiiy va qisqa metrajli filmlar, hujjatli kartinalar hamda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan filmlar namoyish etiladi.Shuningdek, dasturdan mahorat darslari, muhokamalar va taqdirlash marosimi ham o‘rin oladi.

Singapurda “Taiyupian” merosi nishonlanadi

Singapurda “Taiyupian” filmlarining 70 yilligiga bag‘ishlangan maxsus dastur o‘tkaziladi. Unda tayvan xokkien va amoy lahjalarida suratga olingan beshta restavratsiya qilingan klassik film namoyish etiladi. Dastur doirasida ayrim filmlarning Janubi-Sharqiy Osiyodagi ilk namoyishi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Amoy lahjasidagi kino haqida ochiq suhbat tashkil etiladi.

Bu uchta loyiha Osiyoda yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi kino maydonlarini yaratish va tarixiy filmlarni asrab-avaylash jarayoni davom etayotganini ko‘rsatadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Alla Pugachova Rossiyadagi hashamatli uyidan ayrilishi mumkin

Alla Pugachovaning Solnechnogorskdagi hashamatli hovlisi xavf ostida. Shuningdek, xonandaning Istra suv ombori bo‘yidagi shaxsiy qayiqlar to‘xtash joyi olib...

“Oskar” YouTube’ga ko‘chadi: Akademiya yangi rejalarini ochiqladi

Kino san’ati va fanlari akademiyasi yillik yig‘ilishida kelgusi yil uchun asosiy rejalarini e’lon qildi. Akademiyaning 2027-yil uchun byudjeti...

“Forsaj”ning yakuniy qismi dekabrda suratga olinadi

“Forsaj” franshizasining “Forsaj: Abadiy” (Fast Forever) deb nomlangan yakuniy qismi uchun suratga olish ishlari dekabr oyida boshlanadi. Filmning...

Selena Gomes firibgarlik ayblovlariga javob berdi

Selena Gomesning ruhiy salomatlik sohasidagi Wondermind startapi atrofidagi mojaro sudgacha yetib bordi. Investorlar xonandani moliyaviy firibgarlikda ayblab, yetkazilgan...