Opera yulduzi Andrea Bochelli Samarqandga keladi

Share post:

1-sentabr kuni ko‘hna Samarqandning Registon maydonida dunyoga mashhur opera yulduzi Andrea Bochellining konsert dasturi o‘tkazilishi kutilmoqda. Ko‘pchilik uni “Time to say God bye”, Besame mucho” qo‘shiqlari orqali yaxshi taniydi. Zamonamizning batakror tenor ovoz sohibi ilk bor dunyoning eng go‘zal sahnalaridan birida chiqish qiladi.

Ushbu kechada Bochelli, maxsus mehmon — Aida Garifullina, O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri va xor jamoalari ijrosida jahon mumtoz musiqasining eng sara asarlari va mashhur qo‘shiqlari yangraydi.

Bochelli afsonaviy opera kuychisi Luchano Pavorottining shogirdi bo‘lib, bolaligiga ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan. Lekin u dunyoni o‘z qo‘shiqlari orqali yanada go‘zal tarzda ko‘ra oladi. Ushbu konsert Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamkorligida tashkillashtirolmoqda.


Ma’lumot o‘rnida, Andrea Bochelli 1958-yil 22-sentabrda Italiyadagi kichik bir shaharcha – Lajatikoda tug‘ilgan. Andrea 6 yoshidayoq pianino chalishni o‘rgangan. Keyinchalik u gitara, fleyta, saksofon, truba va barabanda ham o‘zini sinab ko‘rgan. 12 yoshida futbol o‘ynayotib, boshidan olgan jarohat natijasida Andrea butunlay ko‘r bo‘lib qoladi. Bu holat har qanday odamni ruhdan tushirishi mumkin edi. Ammo Bochelli san’atga bo‘lgan cheksiz mehri sabab tinimsiz harakat qildi.

Bochelli Rim Kolizeyida yakkaxon kontsert bergan birinchi klassik qo‘shiqchi bo‘ldi. U Olimpiya o‘yinlaridan tortib, qirollik marosimlari, Vatikandagi konsertlargacha ko‘plab muhim sahnalarda chiqish qilgan. U 90 milliondan ortiq albom sotib, musiqa tarixidagi eng muvaffaqiyatli tenor sifatida e’tirof etilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Ramayana” treyleri ilk 24 soatda kutilgan natijaga erisha olmadi

Nitesh Tivari rejissyorligidagi “Ramayana” filmining uzoq kutilgan treylerini namoyish qildi. To‘rt daqiqadan ortiq davom etadigan treyler o‘zining ulkan...

Jafar Jekson Uill Smit bilan bir filmda suratga tushadi

Maykl Jekson haqidagi “Maykl” biografik filmida afsonaviy xonandani gavdalantirgan Jafar Jekson endi Uill Smit bilan birga yangi “Supermax”...

“Barbi 2” filmini suratga olish ishlari to‘xtab qoldi

Warner Bros. va filmning bosh aktyorlari Margo Robbi hamda Rayan Gosling o‘rtasida gonorar bo‘yicha kelishuvga erishilmagani sabab “Barbi...

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” 355 mln dollar yig‘di

Sony va Marvel studiyalarining “O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi ilk dam olish kunidayoq AQSh kinoteatrlarida 355 million dollar...