“Barbi 2” filmini suratga olish ishlari to‘xtab qoldi

Share post:

Warner Bros. va filmning bosh aktyorlari Margo Robbi hamda Rayan Gosling o‘rtasida gonorar bo‘yicha kelishuvga erishilmagani sabab “Barbi 2” filmini suratga olish ishlari hozircha to‘xtab qoldi.
Ma’lum qilinishicha, Rayan Gosling yangi film uchun 20 million dollar gonorar so‘ramoqda. Rejissyor Greta Gervig esa film davomi uchun g‘oyani ishlab chiqqan bo‘lsa-da, aktyorlar va studiya o‘rtasidagi shartnomalar imzolanmaguncha uni Warner Bros. rahbariyatiga taqdim etmaydi.
Agar dekabr oyigacha tomonlar kelishuvga erisha olmasa, “Barbi 2” filmiga bo‘lgan huquqlar yana Mattel kompaniyasiga qaytadi va loyiha yangi ijodiy jamoa bilan qayta ishlab chiqilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda ekranlarga chiqqan “Barbi” filmi jahon prokatida 1,4 milliard dollardan ortiq daromad yig‘ib, yilning eng muvaffaqiyatli filmlaridan biriga aylangan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...

Oksana Samoylova Jigan bilan nega ajrashmoqchi?

Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan....