Mert Yazjio‘g‘lu “Usmon: Asos soluvchi” serialida bosh rolni o‘ynaydi

Share post:

Internetdagi xabarlarga ko‘ra, Usmon (Burak O‘zchivit)ning o‘g‘li rolini ijro etadigan aktyor hamon topilmagan. Ammo insayderlarning aytishicha, eng katta imkoniyat Afra Sarachog‘luning sobiq sevgilisi — Mert Yazjijo‘g‘luga tegishli.

Olti yil davomida eng ko‘p tomosha qilingan turk loyihalaridan biri bo‘lgan “Usmon: Asos soluvchi” seriali rasman o‘z nihoyasiga yetadi. Burak O‘zchivit esa nafaqat ijtimoiy tarmoqlardagi xayrlashuv posti, balki soqolini olish orqali ham bosh rolga qaytmasligini ochiq-oydin tasdiqladi.

Demak, yettinchi mavsumda tomoshabinlarni Usmonning o‘g‘li Orhonning sarguzashtlari kutmoqda. U otasining ishini davom ettiradi. Hozircha rolni kim o‘ynashi aniqlanmagan, biroq kasting jamoasi allaqachon o‘z favoritini topgandek. U — “Qizil g‘unchalar” serialidagi dramatik roli bilan tanilgan Mert Yazjidjo‘g‘lu.

Ayni paytga qadar aktyorning agentligi, o‘zi yoki tarixiy sahnani davom ettiradigan prodyuserlik kompaniyasi tomonidan rasmiy tasdiq berilmadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Maykl B. Jordan yangi “Tomas Kraun hiylasi” filmida bosh rolni ijro etdi

Amazon MGM studiyasi “Tomas Kraun hiylasi” (The Thomas Crown Affair) filmining remeyki uchun ilk treylerni taqdim etdi. Filmda...

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...