Maykl Jekson tavallud kuni sharafiga shou

Share post:

29-avgust kuni 20:00 da Tashkent City bog‘ida Maykl Jekson tavallud kuniga bag‘ishlangan yorqin shou bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston rasmiy fan-klubi ko‘magida sahnada ijrochilar-dublyorlar chiqish qiladilar va tomoshabinlar buyuk san’atkorning eng mashhur xitlaridan bahramand bo‘lishlari mumkin bo‘ladi. Kirish mutlaqo bepul.

Ma’lumot oʻrnida, Maykl Jozef Jekson (1958-yil 29-avgust – 2009-yil 25-iyun) — amerikalik qo‘shiqchi, raqqos, bastakor, produser va aktyor. U “Pop qiroli” sifatida tanilgan va XX asrning eng mashhur hamda ta’sirchan san’atkorlaridan biridir.

“Jackson 5” guruhida faoliyatini boshlagan (aka-ukalari bilan birga).

1970-yillardan boshlab yakkaxon sifatida chiqa boshladi. 1982-yilda chiqqan “Thriller” albomi musiqiy tarixda eng ko‘p sotilgan albom bo‘lib qolmoqda.

“Billie Jean”, “Beat It”, “Smooth Criminal”, “Black or White”, “Earth Song” kabi qo‘shiqlari dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar qalbidan joy oldi.

Kliplari orqali musiqiy videoni yangi san’at darajasiga olib chiqdi.

15 martta “Grammy” sovrindori. Ginnesning bir nechta rekordlariga ega. Butun faoliyati davomida 350 milliondan ortiq albom sotilgan.

Maykl Jekson 2009-yil 25-iyunda 50 yoshida vafot etdi. Uning musiqasi, raqsi va insonparvarlik faoliyati hanuzgacha butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlarga ilhom bag‘ishlaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Keyt Middlton yana moda qirolichasiga aylandi

Uels malikasi Keyt Middlton Tatler jurnali talqiniga ko‘ra, yana Britaniyaning eng zamonaviy ayoli deb topildi. Shu tariqa u...

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” ilk namoyishdayoq rekord o‘rnatdi

 Tom Holland bosh rolni ijro etgan “O‘rgimchak odam: Yangi kun” (“Spider-Man: Brand New Day”) filmi prokatni rekord natija...

AI filmlari ilk bor “Oskar” saralash festivaliga kiritildi

Hindistonda o‘tkaziladigan va “Oskar” mukofoti saralash festivallari qatoriga kiruvchi Bengaluru xalqaro qisqa metrajli filmlar festivali (BISFF) 16-mavsumi uchun...

Anjelina Joli va boshqa yulduzlarning ma’lumotlari internetga tarqalib ketdi

Kiberxavfsizlik mutaxassisi Jeremi Faulerning ma’lum qilishicha, Gollivudning bir qator mashhur yulduzlariga tegishli telefon raqamlari va elektron pochta manzillari...